Bolgariya prezidentining huquqiy va korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari böyiça maslahatçisi Plamen Uzunov maxsus xizmat xodimlari tomonidan hibsga olindi. "Kanal 3" telekanalining xabar qilişiça, ta'tilda bölgan amaldor Sofiyaga olib kelinadi.

 Mamlakat boş prokurori Ivan Geşevning ma'lum qilişiça, Uzunov xizmat mavqeini suiiste'mol qilişda gumonlanmoqda.

Bir ozdan söng harbiy prokuratura prezidentning mudofaa va xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Iliya Miluşev ham hibsga olinganini ma'lum qildi.

Avvalroq maxsus xizmatlar vakillari Bolgariya prezidenti ma'muriyatidagi kabinetlarda tintuv ötkazayotganligi xabar qilingandi.

 Boş prokuror Ivan Geşev jurnalistlarga tintuvlar ikkita jinoyat işini tergov qiliş doirasida ötkazilayotganini ma'lum qilgandi.