Soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga çalingan qoraqalpoğistonlik 56 yoşli bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgani töğrisida xabar berdi.
«Nukus şahrida yaşovçi 56 yoşli Z.D. (ayol)da joriy yil 23 iyun kuni boş oğriği, tana haroratining kötarilişi, yötal, burundan suv oqişi, aksiriş, qaltiraş va iştahaning yöqolişi kuzatilgan. Bemor heç kimga murojaat qilmasdan uyida özi davolangan.
29 iyun kuni esa tana harorati tuşmaganligi sababli tez tibbiy yordam maşinasida Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib borilgan va izolyatorga joylaştirilgan.
Şu kuni Covid-19 infeksiyasiga namuna olingan va unda uşbu kasallik tasdiqlangan.
Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasida unga Covid-19 infeksiyasining oğir keçişi, şuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetişmovçiligining 3-darajasi, yurak qon-tomir yetişmovçiligining 3-darajasi, ötkir respirator distress sindromi taşxisi kuyilgan.
Bemor bir neça yil davomida gipertoniya, yurak işemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Bundan taşqari, u zöriqiş stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlikning 2-darajasidan ham davolanib kelgan.
Şifoxonada bemor bir neça marta Soğliqni saqlaş vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolaş jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.
Şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Bugun Özbekistonda koronavirus tufayli yana 3 ölim holati qayd etildi va jami qurbonlar soni 43taga yetdi.
Pandemiya davrida şu vaqtgaça Toşkentda 26, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farğona, Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida bittadan ölim röy bergandi.








