Nukus şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.
Sönggi yillarda hudud uçun katta mablağ, imtiyoz va şaroitlar yaratilgani qayd etildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uçun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.
Ötgan yili Qoraqalpoğistonga 1 mlrd 700 mln dollar investitsiya kiritilgan. Bu 2021-yildagidan 22 karra köp.
Bu yil Qoraqalpoğiston iqtisodiyoti eng tez ösayotgan hududlardan biriga aylangan. Joriy yilning birinçi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz ösib, hudud Toşkent şahridan keyingi ikkinçi örinni egallagan.

Sönggi yillarda Qoraqalpoğistonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari işga tuşirildi. Beruniy va Qoraözakda şamol stansiyalarining qurilişi hisobiga “yaşil” energiya uluşi 23 foizga yetgan. Elektr işlab çiqariş 4 karra oşib, 5 mlrd 330 mln kilovatt-soatni taşkil etgan. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar köpligi taʼkidlandi.
Keça 7 mlrd dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilişiga start berildi. Jumladan, Qönğirotda 2 mlrd 600 mln dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli şamol stansiyasini quriş boşlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuçlanişli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.
2030-yilgaça jami quvvati 3 ming 300 megavattli şamol stansiyalari işga tuşirilib, “yaşil” energiya uluşi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlaş quvvati yaratiladi.
Qad etilişiça, Qoraqalpoğiston “yaşil” energiya işlab çiqariş böyiça mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.

















