Amaldagi prezident qöllab-quvvatlangan norozilik namoyişlari poytaxt Sofiyada ötgan. Namoyişlarda yuzlab odamlar iştirok etgan.
Bundan bir kun avval prokuratura, içki işlar vazirligi, guvohlarni himoyalaş byurosi va boşqa idoralar xodimlari Sofiya harbiy sudi va Ixtisoslaşgan jinoyat sudi qarori bilan prezident ma'muriyatida tintuv ötkazgan.
Jumladan, tintuvlar prezidentning xavfsizlik va mudofaa masalalari böyiça maslahatçisi Ilya Miluşev va huquqiy masalalar va aksilkorrupsiya böyiça kotibi Plamen Uzunovning işçi xonalarida ötgan. Söngra ularning ikkisi “ta'sirni sotiş”da gumon qilinib hibsga olingan. Şuningdek, mamlakatdagi taniqli tadbikor Plamen Bobokov ham uşlangan.
Prezidentning ta'kidlaşiça, bunday qat'iy çoralarga uning hukumatni va prokuraturani tanqid qilgani sabab hisoblanadi. Şu sababli u prezident ma'muriyati oldidagi maydonda yiğilganlarni “ijroçilik hokimiyati va prokuraturadan mafiyani quviş”ga çaqirgan.
Avvalroq Bolgariya boş vaziri Boyko Borisov prezident Rumen Radevni uning ortidan dron yordamida yaşirinça kuzatuv olib borişda ayblagandi. Boş vazirning fikriça, unga qarşi kompromat hukumat tomonidan tayyorlanayotgan geostrategik rejalarga, jumladan Bolgariyaning yevrohududga va Bank ittifoqiga kirişiga tösqinlik qiliş maqsadida töplangan.
Bolgariya prezidenti va boş vaziri örtasida mojaro joriy yil boşida boşlangan. Öşanda prezident hukumat işonçni yöqotganini, çunki fuqarolar manfaati yölida harakat qilmayotgani va davlatni inqirozga boşlayotganini aytgan.









