Bolgariya prezidenti Rumen Radev millatga murojaati çoğida hukumat va mamlakat boş prokurorini iste'foga çiqişga çaqirdi.

"Keça hukumat va boş prokurorning iste'fosi talab qilingan ommaviy namoyişlar bölib ötdi. Hukmron partiya namoyişlar vaqtida özini qöllab-quvvatlaş uçun miting ötkazişi namoyişçilarning politsiya bilan töqnaşuvlariga sabab bölgan iğvogarona harakatdir", - dedi Radev.

 "Korrupsiya, qörquv, prokuror reketi va talonçiligi, aybsizlik prezumpsiyasining inkor qilinişi, söz erkinligiga qarşi hujum, yolğonçilik va adolatning yöqligi – bolgarlar bularning bariga qarşi boş kötardi. Mavjud vaziyatdan çiqişning yagona yöli – hukumat va boş prokurorning iste'fosi", - dedi Bolgariya prezidenti.

 Bolgariya poytaxtida uç kundan buyon hukumat va respublika boş prokurori iste'fosi talab qilinib namoyişlar bölib ötmoqda. Juma kuni Sofiyada namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar yuz berdi.

9 iyulda Bolgariya kuç tuzilmalari prezident ma'muriyatida tintuv ötkazib, Radevning ikki yordamçisini hibsga olgan.

Bolgariya prezidenti va boş vaziri örtasida mojaro joriy yil boşida boşlangan. Öşanda prezident hukumat işonçni yöqotganini, çunki fuqarolar manfaati yölida harakat qilmayotgani va davlatni inqirozga boşlayotganini aytgan.