Yaponiya mudofaasiga bağişlangan Oq kitobda harbiy sohada fan va texnologiyalar örni oşgani, şuningdek, mudofaaning 3ta yangi yönalişi – kosmos, kiberkenglik va elektrmagnit nurlardan foydalaniş sohalarida ösiş sur'atlari qayd etilgan. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, yangi mavzularning barçasida Xitoy va Rossiya yodga olinadi. Harbiy fan va texnikalarga bağişlangan qismida yozilişiça, RF va XXR tovuşdan öta tez uça oladigan qurol ustida iş olib bormoqda, buni AQŞ öz havo hujumidan mudofaa tizimiga tahdid deb bilmoqda.
“Fazoviy kenglikda barça mamlakatlar şunday yöl tutişmoqdaki, u öz mamlakatining xavfsizligi hamda dunyo uçun foydali bölişi mumkin”, - deyiladi hisobotda. Şu bilan birga, “Xitoy va Rossiya öz imkoniyatlarini mustahkamlamoqda, bu esa AQŞ va uning ittifoqçilariga fazoviy kengliklardan foydalanişida zarar berişi mumkin”.
Bundan taşqari, Xitoy va Rossiya boşqa mamlakatlarning infratuzilmalari va tarmoqlarini barbod qilişda harbiy kuç sifatida kiber hujumlar imkoniyatini kuçaytirayotgani ta'kidlangan. Elektromagnit nur bölimida uning harbiy maqsadlarda foydalanilişi barobarida, Xitoy bu borada maşğulotlar olib borayotgani, Rossiya özining elektron uskunalarining harbiy salohiyatini kuçaytirayotgani qayd etilgan.
Yaponiyaning mudofaa sohasidagi yillik hisoboti bölgan Oq kitobning 2020 yilgi naşri hukumat majlisida taqdim etilgan.













