Isroillik olimlar inson tanasida xolesterin miqdorini kamaytiriş uçun qöllaniladigan «Fenofibrat» dori vositasi koronavirusni davolaşda yordam berişi mumkinligini aniqladi.
«Önlab yillar davomida farmatsevtika bozorida mavjud bölgan oddiy dori koronavirusni davolaşda samarali bölişi mumkin. Al-Qudsdagi Ibroniy universiteti tadqiqot guruhi ötkazgan dastlabki tadqiqotlar istiqbolli bölib çiqdi», deb yozadi universitet matbuot xizmati.
Olimlar jamoasi uç oy davomida SARS-CoV-2 bemorlarning nafas oliş yöllari va öpkasini qanday özgartirişini örganişdi. Ma'lum bölişiça, koronavirus uglevodlarning odatiy parçalanişiga xalaqit beradi. Oqibatda hujayralarda köp miqdorda yoğ töplanib qoladi va bu virusning köpayişi uçun qulay şaroit yaratadi.

Laboratoriya tadqiqotlarida «Fenofibrat» dori vositasi qöllanganda u «istiqbolli natijalarni» körsatdi: uşbu dori vositasi öpka hujayralarida köproq yoğ parçalanişiga imkon berişi bilan birga hujayralar tomonidan virus saqlab qolinişini çeklab, şu orqali SARS-CoV-2 köpayişining oldini olişi aniqlandi. Universitet matbuot xizmatining xabar berişiça, atigi beş kunlik davolaniş muddatida «Fenofibrat» dori vositasi bilan davolangan bemorlarda virus batamom yöq bölgan.
«Agar bizning xulosalarimiz klinik tadqiqotlarda tasdiqlansa va qöllab-quvvatlansa, bu davolaş usuli COVID-19 asoratini yengillaştirib, uni oddiy şamollaş kasalligi darajasiga tuşirişi mumkin», deydi Al-Qudsdagi universitet professori Yaakov Namias.
Oldinroq AQŞda işlab çiqarilgan vaksina odamlarda kuçli immunitet paydo qilgani aytilgandi.













