realme brendi 20 iyuldan boshlab O‘zbekistonda yangi mahsulotlari sotuvini boshlaydi: 6 seriyasining 6i'dan tortib 6 Pro'gacha bo‘lgan barcha modellari, shuningdek budjet tasnifidagi C3 flagmani. Ularning har biri o‘zining super quvvati tufayli «qahramon-smartfon» nomiga munosib.

realme – 2018 yil may oyida asos solingan va 2020 yil boshidayoq dunyo smartfon ishlab chiqaruvchilari reytingida yettinchi o‘rinni egallay olgan brend.
Global pandemiya sharoitlarida dunyo bo‘ylab sotuvlar 13 foizga pasaydi. realme brendi esa sotuvni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli brendlardan biri hisoblanadi. 2019 yilning birinchi choragiga taqqoslaganda realme smartfonlarini yetkazib berish o‘sishi 157 foizni tashkil etdi. 35 milliondan ortiq qurilma o‘z xaridorini topishi va 808 foizlik yillik o‘sish sur'ati realme’ni dunyodagi eng tez rivoj topayotgan smartfonlar brendiga aylantirmoqda.
Bugungi kunga qadar realme brendi dunyoning 27 bozorida, shu jumladan Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yevropa, Rossiya, Avstraliya, Yaqin Sharq va Afrikada munosib tarzda namoyishlarini o‘tkazgan.
Unumdorlik, zamonaviy dizayn va hamyonbop narx realme brendi mahsulotlarining asosiy afzalliklari hisoblanadi. Kompaniya ilg‘or texnologiyalar sohasida BBK Electronics va Oppo kompaniyalrining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanadi, buning natijasida u flagman texnologiyalarini eng yaxshi narxlarda taqdim eta oladi. Bugungi kunda realme brendi Xiaomi Redmi'ning asosiy raqibidir.
realme har bir bozorga individual yondashadi, madaniyatning alohida xususiyatlarini inobatga olib, xaridor talablariga mos keluvchi mahsulotlarni taqdim qiladi. Kompaniya yuqori samaradorlik, zamonaviy tashqi ko‘rinish va arzon narxlarga e'tibor qaratgan holda, texnologiya bozoridagi tendensiyalarning yaratuvchisi hisoblanadi. Ushbu brend O‘zbekiston bozori uchun realme 6 seriyasining 3ta modelini: realme 6, realme 6i va Android 10 operatsion tizimidagi realme 6 Pro, shuningdek budjet tasnifiga kiruvchi











