Xususan, Samarqand viloyati hokimligi, soğliqni saqlaş boşqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Yoşlar ittifoqi, SEOM, Milliy gvardiya, mudofaa, favqulodda vaziyatlar, içki işlar boşqarmalari va yana bir qator taşkilotlar hamkorligida viloyatda koronavirus pandemiyasining asoratlarini kamaytiriş, bemorlarni davolaş, kuzatuvga oliş va kasallikka qarşi kuraşişda samarali tizim işlab çiqildi.

Yuqorida tilga olingan taşkilotlar iştirokida har kuni ştab yiğilişlari ötkazilib, vaziyat jiddiy tahlil qilinmoqda. Bir qança yönalişlarda işlar olib borilyapti.
Hozirgi vaqtda Samarqand davlat tibbiyot institutida «1105» qisqa raqam bilan işlaydigan «Sall-markaz» – tibbiy maslahat markazi faoliyati yölga qöyilgan. Uşbu markaz şunçaki maslahat beribgina qolmay, uning negizida onlayn poliklinika ham işlab turibdi. Poliklinikaga puxta bilim va tajribaga ega mutaxassislar biriktirilgan.

Hozirga qadar «Sall-markaz»ga fuqarolarimizdan 5000 dan ortiq murojatlar kelib tuşdi va öz vaqtida kerakli maslahatlar berildi.

Şuningdek, Yoşlar markazi taşabbusi bilan 100 nafardan ortiq yoşlar volontyorlik harakatlariga jalb qilindi. Ular şahar va tumanlardagi tez tibbiy yordam xizmatlarida, koll-markazlarda va onlayn poliklinikalarda xizmat qilyapti.
Bugungi kunda viloyatda yaxşi tajriba qöllanilmoqda. Aytiş lozim, «103» telefon raqami orqali isitmasi kötarilganini ma'lum qilgan bemorlar har qanday holatda provizor gospitalga joylaştirilyapti. Mazkur gospital Samarqand şahridagi «Registon» mehmonxonasida taşkil qilingan bölib, viloyat hokimligi taşabbusi bilan 11 ta mobil tez yordam brigadasi biriktirildi. Uşbu gospitalning ahamiyatli tomoni şundaki, isitmasi bölgan bemor uç kungaça saqlab turiladi. Ularga birinçi yordam körsatiladi, Covid–19ga tahlil olinadi. Uç mahal ovqat va birlamçi dori-darmonlar bilan ta'minlanadi.

Bemorning holati tezda ijobiy tomonga özgarib, kasallik alomatlari kuzatilmasa, uyiga javob beriladi. Yengil holatdagilar esa doimiy nazoratda bölişi uçun maxsus taşkil qilingan şifoxonalarga joylaştirilib, kuzatuvga olinadi.









