Hozirgi kunda respublika bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar 1 706 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi xodimi Jo‘shqin Qosimov xabar bergan.

22 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 706 nafarni tashkil qilmoqda. 

Ular:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
Andijon viloyatida — 136, 
Jizzax viloyatida — 22, 
Navoiy viloyatida — 40, 
Namangan viloyatida — 21, 
Samarqand viloyatida — 96, 
Sirdaryo viloyatida — 156, 
Surxondaryo viloyatida — 101,
Qashqadaryo viloyatida — 21, 
Toshkent viloyati — 637,
Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda. 

Bildirilishicha, ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi. Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.