Joriy yilning 1 iyul holatiga köra, qiymati 886,4 ming AQŞ dollariga teng bölgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, tarvuz mahsulotining eksporti böyiça Rossiya Federatsiyasi 1 179 tonna körsatkiç bilan yetakçilik qilmoqda. Lekin bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.
Bundan taşqari, özbek tarvuzlari Belarus, Estoniya, Mongoliya Polşa, Qozoğiston, Tojikiston, Ukraina, Qirğiziston hamda Birlaşgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.
Jumladan, Qozoğistonga 319,2 tonna, Qirğiz Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belorus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksporti amalga oşirilgan.












