«Boş prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatçisi Xalimov Xakimbay Aşiroviçning vafoti munosabati bilan marhumning qarindoş va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», deyiladi boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mahalliy OAV ma'lumotiga köra, unda bir neça kun avval koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.
Xakimbay Xalimov 1998 yildan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori - Özbekiston Respublikasi boş prokurorining sobiq örinbosari lavozimida işlagan. Şuningdek, 2017-2019 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq qabulxonasi boşliği bölgan.
U sönggi vaqtlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasida bölim boşliği sifatida işlab kelayotgandi.








