Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'limning ayrim bosqichlarida yangi o‘quv yilini masofaviy shaklda boshlash rejalashtirilmoqda – vazirlik
Foto: Shutterstock
Sentabr oyidan boshlab bakalavriat va magistraturaning yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilari uchun 2020-2021 o‘quv yilini masofaviy shaklda boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.
“Yangi o‘quv yilini an'anaviy ta'lim shaklida boshlash rejalashtirilgan edi. Ammo respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini sentabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deya vazirlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, 2020-2021 o‘quv yilida professional ta'lim tizimida respublika bo‘yicha jami 726ta ta'lim muassasasi, xususan, 339ta kasb-hunar maktabi, 212ta kollej va 175ta texnikum faoliyat ko‘rsatadi. Texnikumlarda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan, kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida kamida 2 yil muddatga mo‘ljallangan ta'lim dasturlari asosida 11-sinfni tugatgan yoshlar o‘qitiladi.
Mavzuga oid
18:52 / 21.01.2026
“Teleportatsiya qiluvchi robot yasayman” – kattalardek fikrlayotgan 7 yoshli Solih
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025