2020 yilning 23 iyul kuni soat 18:05da haydovçi, 26 yoşli Ş.S. öz boşqaruvidagi DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomaşinada Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yiğini hududidan ötuvçi A-380 avtomobil yölining 1009-1010 kilometrlari oraliğida harakatlanib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u avtomaşina boşqaruvini yöqotib, uşbu yölning qarama-qarşi tomoniga ötib ketib, uşbu yönalişda harakatlanib kelayotgan Ukraina fuqarosi, 32 yoşli I.S.ning boşqaruvida bölgan VOLVO rusumli yuk avtomaşinasining çap yon tomoniga borib urilgan.

Şundan söng, u uşbu yuk avtomaşinadan keyin harakatlanib kelayotgan Ukraina fuqarosi 29 yoşli Yu.K.ning boşqaruvida bölgan VOLVO rusumli yuk avtomaşinasining oldi tomoniga urilib yöl-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomaşinasi haydovçisi Ş.S. hodisa sodir bölgan joyda vafot etgan.

Uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomaşinasi hamda Yu.K. boşqaruvidagi VOLVO rusumli yuk avtomaşinalarida yonğin kelib çiqib, har ikkala yuk avtomaşinasi butunlay yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qönğirot tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.