Vetnamning Danang şahrida avj olgan koronavirus boşqa mamlakatlardagi viruslarga öxşaş. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Vetnamdagi vakili Kidun Park ma'lum qildi.

Danangda qayd etilgan SARS-CoV-2 virusi öta yuqumli ekanligi haqidagi xabarlarni izohlar ekan, u xavotirlanişga asos yöqligini aytdi.

«Virusning yuqumliligi va u keltirib çiqargan kasallikning oğirlik darajasi özgarmagan», — dedi Park.

27 iyul kuni Vetnam soğliqni saqlaş vaziri Nguyen Txan Long Danangda yuqori darajada yuqumli bölgan virus aniqlanganini ma'lum qilgandi. Şahar öşa kuniyoq karantin uçun yopilgan.

Vetnam soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotlariga köra, mamlakatda 446 kişi COVID-19ga çalingan.