«Bozordagi joriy dinamika va istiqboldan kelib çiqib, afsonaviy 747 samolyotini işlab çiqarişni 2022 yilda töxtatamiz», - deyiladi kompaniya bayonotida.

Boeing 747 samolyoti ilk marotaba 1969 yilda havoga kötirldi. 1970 yildan ommaviy tarzda foydalana boşlandi. Şu paytgaça kompaniya uning 1,5 mingdan ortiq turli xil modifikatsiyalarini işlab çiqargan.

Sönggi yillarda Boeing 747 samolyotiga bölgan talab tuşib ketdi. Bloomberg agentligi xabariga köra, avialayner yölovçilar orasida maşhur bölsa-da, tejamkorlik talablariga javob bermay qöygan. Natijada, aviakompaniyalar uzoq masofalarga uçuvçi 2 motorli samolyotlarga e'tiborini qaratişgan.

2016 yildan boşlab kompaniya yiliga atigi 6ta Boeing 747-8 samolyotini işlab çiqarmoqda va ularning har birida 40 mln dollar zarar körmoqda. Bu samolyotga sönggi buyurtma 2017 yilda olingan. U «birinçi raqamli» prezident samolyoti bölişi kutilmoqda.