Menopauza davrida ayol organizmida qanday özgarişlar sodir böladi?

Köplab ayollar menopauzaning, ta'sirçanlik, kayfiyatning tez-tez özgarişi, uyqu buzilişi va qon bosimining özgarişi kabi turli körinişlarini alohida xavotir bilan kutadilar. Klimaks ular uçun hayotlarini tubdan özgartirib yuboruvçi qudratli kuçday tuyuladi, ya'ni undan keyin hayot bunçalik rang-barang va qiziqarli bölmaydigandek. Uşbu masalada ularning bunday qaraşiga köplab ginekolog mutaxassislar qöşilmaydilar, ular: «Klimaksni – oddiy bir bosqiç», - sifatida qabul qiladilar.

Menopauza davrida ayol organizmida qanday özgarişlar sodir böladi?

Avvalo şuni ta'kidlaşni istardikki, menopauza har bir ayolda ma'lum bir yoşda yuzaga keladigan normal fiziologik jarayondir. Bu holatda uning tanasida sezilarli özgarişlar röy beradi, bu ikkita asosiy gormon – estrogen va progesteron işlab çiqarişning kamayişi bilan boğliq jarayondir.

Klimaksning qanday asosiy belgilari mavjud? Ayollarni köproq nimalar bezovta qiladi?

Menopauzaning klassik alomatlariga quyilişlar, yurak urişi, uyqusizlik, oyoq yoki qöllardagi titroq, boş aylanişi, muşak oğriği, tösatdan kayfiyat özgarişi, asabiylaşiş, tuşkunlik, nafas qisilişi, boş oğriği, közlarning qurib qolişi, xotira pasayişi va boşqalar kiradi. Bularning barçasi, albatta, qörqinçlidir. Ammo şuni ta'kidlaş kerakki, uşbu alomatlar heç qaçon bir vaqtning özida körinmaydi. Har bir organizm individualdir: ba'zilar uçun menopauzaning yagona belgisi hayz körişni töxtatiş bölsa, boşqalari uçun aksinça, bir vaqtning özida bir neçta menopauza belgilari bölişi mumkin.

Klimaksning uşbu alomatlari bilan kuraşişning iloji bormi?

Nafaqat iloji bor, balki zarur. Bundan taşqari, zamonaviy tibbiyotda buning uçun barça zarur vositalar ham mavjud. Albatta, menopauzani töxtatiş uçun sizga heç narsa yordam bermaydi, ammo zamonaviy dori-darmonlar yordamida siz simptomlar va kasalliklarni sezilarli darajada yengillaştirasiz. Mutaxassislar Klimadinon preparatiga e'tibor berişni tavsiya etadilar. Bu ösimliklardan tayyorlangan nemis dori vositasi hisoblanib, yaxşi muhosaba qilingan, menopauza kasalliklarini davolaşda işlatiladi.

Klimadinon bezovtalik va ta'sirçanlikni yengillaştiradi, kayfiyat özgarişlari va keskin tuşişining oldini oladi, uyqusizlikdan xalos qiladi va qöşimça ravişda suyak töqimasini va ayol terisining yaxşi saqlanişiga ijobiy ta'sir körsatadi.