“2020 yilning 30 iyulida soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolarga köçalarda jamoat joylarida niqoblarni taqişni majburiy qiliş haqida buyruq çiqardi. Biz nafaqat Qozoğistonda, balki bir qator xorijiy davlatlarda niqoblarni hamma yerda - yopiq joylarda, transportda, oçiq havoda taqiş majburiy qilinganini körsatuvçi xalqaro tajribani örgandik”, deb aytgan Tsoy matbuot anjumanda.
Vazirning ta'kidlaşiça, bu çora koronavirusga çaliniş holatlari kamayişi böyiça ijobiy dinamikani mustahkamlaş maqsadida kiritilmoqda.
Qozoğistonda sönggi sutkada koronavirusga çaliniş holatlari soni 1472 tani taşkil qilgan. Umumiy kasallanganlar soni 87664 nafarga yetgan. Soğayib ketganlar 57,8 ming nafarni, vafot etganlar 7936 nafarni taşkil qilmoqda.
29 iyulda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev koronavirus tarqalişiga qarşi kiritilgan karantin çoralarini yana 2 haftaga uzaytirişni buyurdi.













