Joriy yilning iyul oyi uçun xarid qilingan oylik yöl çiptalari karantin çeklovlari sabab 1 avgustdan 10 avgustga qadar qaytarib olinişi haqida xabar berilgan edi. 

"Toşşahartransxizmat" AJ xabariga köra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin muddati uzaytirilganini inobatga olib oylik yöl çiptalarini qabul qiliş muddatini 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.

“Buning uçun siz Toşkent şahar Yunusobod tumani Amir Temur köçasi 6-uyda joylaşgan "Toşşahartransxizmat" AJning “Oylik yöl çiptalari va jyetonlar sotiş bölimi”ga murojaat qilişingizni eslatib ötamiz”, - deyiladi xabarda.