Bu Livanda 2014 yilda rossiyaliklar kemasidan musodara qilingan va yöq qiliş uçun omborxonada saqlab kelingan selitra bölgan. Livandagi LBCI telekanali mudofaa böyiça oliy kengaşga asoslanib xabar qilişiça, aynan şu yuk portlaş manbayi bölgan.
Yuk tarixi va kemaning rossiyalikka tegişli bölgani haqida kemaning sobiq kapitani Boris Prokoşev «Sibir. Realii» naşriga bergan intervyusi haqida aytib ötgan.
Uning sözlariga köra, selitra ortilgan kema rossiyalik Igor Greçuşkinga tegişli bölgan va Bayrut portida 2014 yilda port yiğimi tölanmagani uçun uşlab qolingan.
Prokoşevning sözlariga köra, Livan hukumati Gruşeçkin tölov qilmagani uçun uzoq vaqtgaça dengizçilarni qöyib yubormagan.
Kemada jami tört dengizçi qolgan - kapitan Prokoşev, u Rossiya fuqarosi va uç ukrainalik. Ular yoqilğini sotişgan va oqlovçi yollaşgan. Bu advokat ularga uyga qaytişga yordam körsatgan. Kapitanning aytişiça, yuk Transport vazirligi nazoratida omborxonaga ötkazilgan, kema esa çöktirib yuborilgan.
Kapitanning sözlari 2014 yilda matbuotda tarqalgan ma'lumotlarga mos keladi.
Bu nomdagi kema 2 750 tonna selitra bilan Bayrut portida qölga tuşgani haqida 2015 yilda shiparrested.com sayti xabar bergandi. Materialda Moldaviya bayroği bilan harakatlangan bu kema Gruziyaning Batumi şahridan Mozambikka qarab yöl olgani, ammo 2013 yil sentyabrida rejadan taşqari töxtab, bortdagi nosozlikni bartaraf etiş uçun Bayrut portiga kirgani aytilgan.
Livanlik inspektorlar kemada ötkazilgan tekşiruvdan keyin unga portni tark etişga ruxsat bermagan. Ekipajning asosiy qismi qöyib yuborilgan, faqat tört dengizçi kemada qolgan, kema egasi bilan boğlanişning imkoni bölmagan.
2014 yil iyulida Ukrainadagi odessitua.com portali Rhosus kemasida qolgan tört dengizçining maktubini e'lon qilgan, unda dengizçilar özlarini «asirlikdan qutqariş»ni söragan.
Xabarda kemaning amaldagi egasi Rossiya fuqarosi, asli Xabarovskdan bölgan, öşa vaqtda Kiprda yaşagan Igor Greçuşkin ekani aytilgan.
«Janob Greçuşkin Igor kemani va ekipajni öz holiga taşlab qöydi. Ekipajning yaşaşi uçun umuman pul berilmadi, kemani butunlay unutdi... Aytişlariça, bankrot bölgan», degandi kema kapitani Boris Prokoşev.
Dengizçilar kemada bir yilça yaşaşgan va faqat 2014 yilning sentyabriga kelib vatanga qaytişgan.











