«Kambağallikni qisqartiriş böyiça nimaiki qilmaylik, barçasi tizimli bölişi kerak. Biroq qabul qilinayotgan farmon, qarorlarning joylardagi ijrosi yuzasidan hozirgi harakatlarimiz köproq xaotik, ya'ni betartib tarzda keçmoqda.

Bu borada mahalliy kengaş deputatlari va senatorlar faoliyatini ham qoniqarli deb baholay olmaymiz. Masalan, aholiga ijtimoiy yordam mablağlari tarqatilişi ortidan ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan noroziliklar yuzasidan birorta deputat yoki senator çiqib fikr bildirmadi. Bunday vaziyatni aholi va davlat örtasida köprik bölib, vaziyatga oydinlik kiritiş, aniqroği öz saylovçilari, xalqning yonida turiş deputat va senatorning birlamçi vazifasi emasmi?

Şu örinda yana bir muhim jihatga e'tiborni qaratmoqçiman. Koronavirusga qarşi kuraş tadbirlariga ajratilayotgan mablağlar, aniqroği Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi mablağlari talon-toroj qilinayotgani bizni taşvişlantirmoqda. Xususan, Andijon, Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan umumiy hisobda jamğarmaning 1 mlrd 750 million sömdan ziyod mablaği talon-toroj qilingani masalasi ham jiddiy e'tibor qaratişni talab qiladi», - dedi Senat raisi.

Bundan taşqari, parlament yuqori palatasi mahalliy kengaşlar bilan hamkorlik borgan sari yangi yönalişlarda rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.

«Joylardagi deputatlarimiz Senat majlislarida iştirok eta boşladi. Jumladan, bugungi majlisimizda ham mahalliy Kengaşlarning doimiy komissiyalari vakillari qatnaşmoqda. Joriy yilning ötgan davri mobaynida mahalliy kengaşlarning 1700dan ziyod sessiyalarida 9 mingdan ortiq masala muhokama etildi. Qariyb 4 ming marta mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari eşitildi. 660 marta nazorat-tahlil tadbiri ötkazildi. Mutasaddi idora va taşkilotlar rahbarlariga 21 mingdan ziyod deputatlik sörovlari yuborildi.

Yana bir jihat. Mahalliy kengaşlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo çoralarini köriş, jumladan, 25 nafar mansabdor şaxsni lavozimidan ozod etiş böyiça takliflar kiritildi», dedi Tanzila Norboyeva.