«Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga köra, 2025 yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi.
2025 yil aprel oyida Samarqand şahrida “Moturidiylik – bağrikenglik, mö’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziladi.
Xorijlik tadqiqotçilar örtasida moturidiylik ta’limoti böyiça ilmiy tanlov ötkaziladi, ğoliblar iştirokida Özbekistonda madaniy-ma’rifiy uçraşuv va seminar-treninglar taşkil etiladi.
Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning özbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari naşr etiladi.
Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bağişlangan esdalik suvenirlari muomalaga çiqariladi hamda poçta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boşqa körgazmali axborot vositalari turkumi yaratiladi.
Imom Moturidiyning serqirra hayot yöli va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini oçib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiladi.
Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yönalişida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bağişlangan asarlarning nodir qölyozma va naşr nusxalari hamda kitoblari körgazmasi taşkil etiladi.
Samarqand şahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasi qayta ta’mirlanadi va obodonlaştiriladi.








