Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 12 avgust kuni e'lon qilingan 43-son bayonida aytib ötilgan.
Unga köra, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalarini inobatga olib, şuningdek, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda, Özbekistonga xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan şaxslarni karantinga olişning quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibi joriy etildi:
- xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan şaxslarni karantinda saqlaş muddati 14 kun etib belgilanadi;
- karantin muddatini şaxsning xohişiga köra yo karantin markazida, yoki mehmonxonada ötkaziş tartibi saqlab qolinadi;
- karantin muddati şaxsning davolaş-profilaktika çora-tadbirlarini amalga oşirişga roziligiga köra, karantinda saqlaş muddati vraçlar kuzatuvi ostida davolaş-profilaktika çora-tadbirlarini amalga oşirgan (Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarini qabul qilgan) holda 7 kun etib belgilanadi (bunda 7 kunlik karantindan söng test natijasi manfiy bölganda şaxs karantin markazidan çiqariladi).













