5 kun davom etuvçi motivatsion tadbirlarda iştirokçilar uçun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng dolzarb yönalişlari böyiça onlayn darslar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan uçraşuvlar bölib ötadi.

Loyiha «Digital Generation Uzbekistan» nodavlat-notijorat taşkiloti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi tomonidan AKTni rivojlantiriş vazirligi kömagida taşkil etiladi.

Darslar quyidagi yönalişlarda bölib ötadi: veb-dasturlaş, mobil-dasturlaş, desktop-ilova yaratiş, media va raqamli marketing, dizayn, robototexnika va frilans.

Qiziquvçilar 23 avgust soat 21:00ga qadar camp.digitalgeneration.uz manzili orqali röyxatdan ötişlari lozim.