Bugun, 26 avgust kuni AOKA ştabida Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi iştirokida brifing bölib ötdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Farhod Babaşev «Temir daftar»ga kirgan oilalarda tölov-kontrakt asosida öqiydigan talabalar 4 million sömlik çegirmani qay tartibda olişlari haqida ma'lumot berdi.
«Talaba «temir daftar» röyxatiga kiritilgan oila a'zosi ekanligini tasdiqlovçi ma'lumotni özi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etişi zarur. Bunday ma'lumotni oliş uçun Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining hududiy bölinmalari (ya'ni özi yaşab turgan hududiy bölinmasi)ga murojaat qiliş maqsadga muvofiq», dedi Babaşev.
Bundan taşqari, OTM tomonidan yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga ham 4 million sömlik ijtimoiy yordam berilişi belgilangan. Şuningdek, moliyaviy yordam beriladigan talabalar oliy ta'lim muassasasi rahbariyati aralaşuvisiz, talabalar kengaşi tomonidan tanlanadi. Oliy ta'lim muassasasi rahbariyati muassasaning öz budjeti hisobida qança mablağ borligi, uning qançasini ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga kontrakt tölovida yengillik uçun ajratiş imkoniyati mavjudligi haqida talabalar kengaşiga ma'lumot beradi. Kengaşning özi talabalar orasidan haqiqatan muhtoj bölgan, moliyaviy yordam beriş örinli bölganlar röyxatini şakllantiradi.












