Yetim, çin yetim, nogiron bölgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» röyxatidagi oilalar farzandlari bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun oliy ta'lim muassasalari tomonidan körsatiladigan moliyaviy yordamni rahbariyat emas, talabalar kengaşi taqsimlaydi. Bu haqida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonov Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining oliy ta'lim muammolariga bağişlangan davra suhbatida ma'lum qildi.

Vazir örinbosariga köra, moliyaviy yordam beriladigan talabalar oliy ta'lim muassasasi rahbariyati aralaşuvisiz, talabalar kengaşi tomonidan tanlanadi.

«Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan berilgan taklifga köra, 2020/21 öquv yilida amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori uçun kunduzgi şaklda öqiydigan barça talabalarga 10 foiz çegirma berilişi belgilandi. Mazkur çegirmadan taşqari OTMlar tomonidan yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» röyxatidagi oilalar farzandlari bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun manzilli moddiy yordam körsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablağlari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib çiqib, 4 mln sömgaça moliyaviy yordam körsatiş imkoniyatiga ega böladi.

Mazkur moliyaviy yordam muassasa rahbariyati emas, balki universitet talabalar kengaşi tomonidan taqsimlanadi. Oliy ta'lim muassasasi rahbariyati muassasaning öz budjeti hisobida qança mablağ borligi, uning qançasini ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga kontrakt tölovida yengillik uçun ajratiş imkoniyati mavjudligi haqida talabalar kengaşiga ma'lumot beradi. Kengaşning özi talabalar orasidan haqiqatan muhtoj bölgan, moliyaviy yoram beriş örinli bölganlar röyxatini şakllantiradi», dedi vazir örinbosari.

Sarvar Buzrukxonov kontrakt miqdoriga özgartiriş kiritiş nega Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan amalga oşirilayotganiga izoh berdi.

«Talabalar tölov-kontrakt asosida davlat buyurtmasiga köra öqişga qabul qilinadi. Ular tölaydigan kontraktdan ta'lim xarajatlarining qoplanmagan qismi davlat budjeti hisobidan amalga oşiriladi. Şu bois ular uçun kontraktni belgilaş masalasi Moliya vazirligi boşqa tegişli taşkilotlar bilan kelişgan holda hal qilinadi.

Tabaqalaştirilgan kontrakt, xorijiy fuqarolarning kontraktlari masalasi esa oliy ta'lim muassasasining öz ixtiyorida. Şuningdek, joriy yil boşidan 10ta OTM öz-özini moliyalaştiriş tizimiga ötdi. Şunda ham ular ijtimoiy himoya siyosatidan kelib çiqqan holda kontrakt masalasiga yondaşadi», deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.