Maktab yarmarkalari taşkil etiş, öquvçilarni arzon va sifatli öquv qurollari bilan ta'minlaş, narx-navo haddan ortiq oşib ketmasligiga erişiş bugungi kunning muhim mavzularidan biriga aylanmoqda. Biz şu mavzudagi savollar bilan kanselyariya mahsulotlari işlab çiqaruvçi tadbirkor Dilmurod Yölçiyev bilan suhbatlaşdik.
– Har yilgi öquv yiliga tayyorgarlik qanday bölar edi?
– Oldingi yillarni aytadigan bölsak, kanselyariya bozori uçun birmunça şart-şaroitlar yaratilib berilardi. Masalan, Toşkent şahrida bozorlarda kanselyariya öquv qurollari sotiş uçun yarmarkalar taşkil qilinardi. Hozirda yarmarkalar taşkil qiliş uçun bir qança muddat talab etiladi. Ya'ni rastalarga buyurtma beriş, joylarni hozirlab, rastalarda savdo faoliyatini olib boriş uçun tadbirkorlarga kamida 15-20 kun kerak böladi.
– Bu yilgi öquv yili 14 sentyabrdan boşlanişi kutilmoqda. Kanselyariya yetkazib beruvçilar bunga qay darajada tayyor?

– Pandemiya davrida heç kim 100 foiz quvvatda işlagani yöq. Bu esa sentabr oyida öquv qurollarini yetkazib berişda yetarli zaxira mavjud emasligidan dalolat beradi. Buning natijasida mahsulotlar tanqisligi vujudga kelişi, talab oşişi natijasida narx-navo ösişi mumkin.
Narxlar oşişi işlab çiqaruvçilarga boğliq bölmasligi mumkin, ular narxlarni oşirmagan taqdirda ham, iste'molçiga mahsulotlar yetib borişi uçun ikki qöldan ötadi, natijada narx-navo kötarilişi mumkin.

Işlab çiqarişga keladigan bölsak, may-iyun oylarida kanstovarlar ança kam miqdorda işlab çiqariladi. Pandemiya sababli ham korxonalar töla quvvat bilan işlamadi. Işlab çiqaruvçilarimiz, importyor-distribyutorlarimizda xalqimiz ehtiyojini qondirişga yetarli miqdorda mahsulot bor, deb öylamayman.
– Öquv yili 14 sentyabrdan boşlansa...
– Öquv yilini 14 sentyabrdan boşlaşning yaxşi tomonlari ham bor, farzandlarimiz bilim olişda davom etişadi. Ammo, kanselyariya mahsulotlari yetişmasligi natijasida narx-navo keskin ösişi kuzatilişi mumkin. Narxlarni biz işlab çiqaruvçilar oşirmasak ham, iste'molçiga yetib borgunça uç-tört qöldan ötib, narxi qimmatlaşini kutiş mumkin.










