«Onamni uzoqdan bölsa ham körsam...» – bolalikdagi tanlovning oğir armoni
|22:101 9678 min
Aziza 10 yoşida ota-onasi ajraşganda otasi bilan qolişni özi tanlagan. Öşanda bu qaror uni qanday hayot kutayotganini bilmagan bolaning tanlovi edi. Keyingi yillarda u zöravonlik, muhtojlik va yöqotişlarni boşdan keçirdi.
Yöl-transport hodisasida oyoği singan Aziza hali töliq soğaymagan. Şifokorlar unga yurişni çeklaşni buyurgan, ammo farzandlarini boqiş zarurati bunga imkon bermaydi. Kurerlik qilib rözğor tebratayotgan ayol buyurtmaçilardan bir narsani - buyurtmalarini pastga tuşib qabul qilib olişni söraydi.
Uning hayoti esa oddiy kurerlik maşaqqatlaridan ança oğirroq.
Köçalarda şoşilib yurgan, yelkasida buyurtma qutisini kötarib, eşikma-eşik ovqat yetkazib berayotgan kurerlarni har kuni uçratamiz. Biz uçun ular buyurtmamizni öz vaqtida yetkazişi kerak bölgan xizmat körsatuvçi insonlar. Ammo ularning har biri ortida qanday taqdir, qanday dard va qanday orzular yaşiringanini bilmaymiz.
30 yoşli Aziza Ahmadova ham şunday insonlardan biri.
Uning oyoği avariya oqibatida qattiq şikastlangan. Bir neça marta operatsiya qilingan, hali ham bemalol yura olmaydi. Şunday bölsa-da, u işlaşga, farzandlarini boqişga harakat qilyapti. Aziza uçun bugungi har bir buyurtma - rözğoriga oz bölsa-da daromad, farzandlarining dasturxoniga nasiba.
Ammo uning hayotidagi eng oğir jarohat oyoğida emas, qalbida.
Bolalikdagi tanlov va bir umrlik armon
Aziza 1996-yilda Jizzax şahrida tuğilgan. U 10 yoşga tölganida ota-onasi ajraşadi. Sudda kim bilan qolişi söralganda, u otasini tanlaydi.
«Dadamning yaxşi gaplariga uçib, "qizim, qizim" deb yaxşi gapirganlariga men dadam bilan qolaman deb sudda dadamda qolganman», - deya eslaydi u.
Ammo bu tanlovdan keyin uni oğir kunlar kutayotgan edi.
Azizaning aytişiça, dastlab ögay onasi unga yaxşi munosabatda bölgan. Biroq köp ötmay munosabat özgargan. U ögay onasi tomonidan kaltaklanganini, otasi ham unga qöl kötarganini aytadi.
«Ögay onam meni supurgi bilan urardi, lopatkaning dastasi bilan urardi. Iş qilsam ham qilmadi deb dadamga urdirardi. Oxiri uydan qoçadigan odat çiqardim».
Uning sözlariga köra, baʼzan uyda ovqat ham berilmagan. Qornini töydiriş uçun mahalladagi savdo qiluvçi ayolga yordamlaşib, evaziga bir kosa ovqat va non olgan kunlari bölgan.
Oradan yillar ötdi. Aziza ulğaydi, oila qurdi, farzandli böldi. Lekin bolalikdagi öşa qaror hamon yuragini tirnaydi.
Mavzuga oid
Turmuş örtoğini saqlab qoliş uçun har qanday işga tayyor edi
Azizaning turmuş örtoği yuk maşinasi haydovçisi bölgan. Bir kuni yölda sodir bölgan oğir avariya uning hayotini özgartirib yuboradi.
Azizaning sözlariga köra, eri oldindagi yuk maşinasiga urilmaslik uçun rulni burgan, oqibatda maşina ağdarilib, özi oğir jarohat olgan. Soğliğidagi muammolar sabab işlay olmay qolgan erkak keyinçalik içkilikka ham ruju qöygan.
Keyin unda jigar sirrozi aniqlangan. Aziza erini davolatiş uçun qölidan kelgan barça işni qilganini aytadi.
«Köçada baklajka ham terdim, karton quti ham terdim. Kerak bölsa, oşxonalarga kirib idiş yuvdim, pol artdim. Kerak bölsa, birovlarning hojatxonasigaça yuvib tozaladim. Mana şu xöjayinimni tuzatiş uçun. Qölimdan nima iş kelsa, hammasini qilib kördim».
Ammo barça urinişlarga qaramay, turmuş örtoği vafot etadi. Öşanda Aziza eng kiçik farzandiga olti oylik homilador edi.
Erining ölimi unga qattiq taʼsir qiladi. Bir muddat bu yöqotişni qabul qila olmaydi. Keyin esa farzandlari uçun yaşaş kerakligini anglaydi.
«Boşida xöjayinim ötib qolganda men bu narsani kötarolmadim. Umuman qabul qilolmadim. Rosa qiynaldim, siqildim. Oxiri özimni özim uşladim. Qöy, mana şu farzandlaring uçun yaşa, dedim».
Ijara uylaridan köçagaça...
Turmuş örtoğidan ayrilgan ayol uçun eng oğir sinovlardan biri farzandlarini boqiş va boşpana topiş böldi.
Azizaning aytişiça, ijara haqini tölaşga imkoniyati bölmagan paytlarda farzandlari bilan uydan çiqarib yuborilgan. Hatto qorli, yomğirli kunlarda köçada qolişga majbur bölgan.
Şunday kunlarda ham u taslim bölmagan. Iş izlagan, mehnat qilgan, farzandlariga oziq-ovqat yetkazişga uringan.
U oğir paytlarda yordam qölini çözgan insonlarni ham minnatdorlik bilan eslaydi. Ayrim şifokorlar, yölda uçratgan içki işlar xodimlari, yaxşilik qilgan taniş va notaniş odamlar unga moddiy va maʼnaviy kömak berişgan.
Singan oyoq bilan kurerlik
Aziza bugun ovqat yetkazib beriş xizmatida işlaydi. Ammo bir neça oy avval skuterda harakatlanayotganda yöl-transport hodisasiga uçragan.
Uning aytişiça, avtomobil bilan töqnaşmaslikka harakat qilganida skuteri ağdarilgan va oyoği qattiq şikastlangan.
Şifokorlar unda öng katta boldir suyagining oçiq sinişi kuzatilganini, operatsiya davomida suyak metall plastina va şuruplar bilan mahkamlanganini maʼlum qildi.
Keyinçalik jarohat asoratlanib, yana operatsiya qilişga töğri kelgan. Şifokorlar Azizaning hozirgi holatida harakatni çeklaş va belgilangan ortopedik tartibga amal qiliş zarurligini taʼkidlamoqda. Aks holda jarohat asoratlari davom etişi mumkin.
Aziza esa yana soğayib, avvalgidek yurişni orzu qiladi.
«Mana şu oyoqqa turişni xohlayman. Oldingidek özimning oyoqlarim bilan yurişni xohlayman».
U buyurtmaçilarga ham bir iltimos bilan murojaat qiladi: agar buyurtma yuqori qavatga yetkazilişi kerak bölsa, imkoni boriça pastga tuşib, uni qabul qilib olişlarini söraydi.
Çunki har bir zina unga oğriq beradi. Ammo uning özi uçun eng muhimi - soğayiş va farzandlari uçun mehnat qiliş imkoniyatiga ega böliş.
«Onajon, sizni yaxşi köraman...»
Suhbat davomida Azizadan eng katta orzusi nima ekani söraldi.
U bu savolga boylik, uy-joy yoki yaxşi iş haqida gapirib javob bermadi.
«Töğrisi, eng katta orzuim – onajonimni oxirgi marta bir marta bölsa ham yuzlarini köriş. Onamni bir marta bölsa ham, uzoqdan bölsa ham yuzlarini körişni xohlayman. Borib quçoqlay olmasam ham, uzoqdan bölsa ham».
Azizaning aytişiça, onasi keyinçalik boşqa oila qurgan. Ular örtasidagi aloqa uzilgan. Onasi bilan körişişga urinişlari ham natija bermagan.
Agar onasi bu suhbatni körayotgan bölsa, unga nima deyişi söralganda, Aziza şunday javob berdi:
«Onajon, sizni yaxşi köraman, degan bölardim. Yoşligimda yoşlik qilib dadamning şirin gaplariga uçib sizni taşlab ketganimga keçiring, degan bölardim. Mana şu onamdan ketganimdan keyin, işoning, boşimga tuşmagan kun qolmadi. Xullas, azob kördim, qiyinçilik kördim. Baribir ham, ming qilsa ham, özingizning onangizdek böla olmas ekan heç kim. Öz onangizning mehrini bera olmas ekan heç kim».
U bolaligida öziga ozor bergan otasidan ham butunlay yuz ögirmagan. Kelajakda uni Umra ziyoratiga jönatiş niyati borligini aytadi.
Hali hammasi yaxşi bölişiga işonadi
Aziza hayotda köp narsasini yöqotgan. Bolalikdagi xotirjamlikni, ona mehrini, turmuş örtoğini, soğliğini...
Biroq u hali umidini yöqotmagan.
Farzandlari uçun yaşayapti. Qiynalsa-da, mehnat qilişga intilyapti. Bir kun kelib soğayişiga, bemalol yurişiga, hayoti izga tuşişiga işonadi.
Uning orzulari orasida onasini köriş, ota-onasini rozi qiliş va muqaddas Makka hamda Madina şaharlarini ziyorat qiliş ham bor.
Ehtimol, Aziza buyurtmangizni yetkazib beriş uçun eşigingizga kelgandir. Ehtimol, sizga ham qönğiroq qilib, pastga tuşişingizni söragandir.
Endi bunday iltimos ortida qanday oğir hayot hikoyasi bölişi mumkinligini bilasiz.
Aziza esa hali ham bir kun kelib hammasi yaxşi bölişiga işonadi. Eng muhimi, u öşa kunga yetib boriş uçun kuraşişdan töxtagani yöq.
PS: Azizaga yordam qölini çözmoqçi bölganlar uçun uning karta raqamini qoldiramiz: 9860160606557041 Aziza Ahmadovaga tegişli.