Davlat rahbari dastlab Toşkent metropolitenining qurilişi tugallangan "Yunusobod" yönalişi 2-bosqiçi yöl va bekatlari bilan tanişdi. Mazkur loyiha doirasida 2,9 kilometr uzunlikdagi metro yöli hamda “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari barpo etilib, “Şahriston” bekatiga ulandi. 

Telekanal xabarida aytilişiça, metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlaniş işlari amalga oşirildi. Ta'kidlanişiça, uşbu loyiha böyiça yer osti tunnel qismini burğilaş işlari Germaniya texnologiyasi asosida amalga oşirildi. 

Prezident metro poyezdlarining holati, bekatlardagi şaroitlar bilan tanişdi. Yölovçilarga yuqori sifatli xizmat körsatişni ta'minlaş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatma berildi.

Bildirilişiça, endilikda “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari orqali kuniga 7,5 ming yölovçilarni taşiş va xizmat körsatiş imkoniyati yaratildi.