Blogerning tösatdan ğoyib bölib, buning ortidan otasi Gazeta.uz saytiga öğli 22 avgust kuni vertolyotda, boşiga qop kiydirilgan holda olib ketilganini aytgaç, jamoatçilikda köplab savollar paydo böldi.

Boş prokuratura Haydarjon Bobohaydarovning hibsga olinganidan 8 kun ötib, bu haqda axborot berdi. Unda Bobohaydarov jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida uşlangani aytiladi.

Kun.uz muxbiri Farğona şahrida bölib, viloyat prokuraturasi bölim boşliği va blogerning advokati bilan suhbatlaşdi.

Hibs muddati sud ajrimi bilan 10 sutkaga uzaytirilgan

Farğona viloyat prokuraturasi bölim boşliği Alişer Boboxöjayev holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi.

«Şu yilning may oyida Söx tumanining Çaşma qişloğida Qirğiziston va Özbekiston fuqarolari örtasida töqnaşuv yuz bergan. Ommaviy tartibsizliklarning oldini oliş va aholini tinçlantiriş maqsadida hodisa joyiga yetib borgan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari va hokimlik vakillariga Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan faol qarşilik körsatiş holatlari sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan 2020 yil 1 iyun kuni jinoyat kodeksining 219-moddasi va 244-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari davomida «Dadaxon» taxallusi bilan tanilgan Haydarjon Bobohaydarov ommaviy tartibsizliklar vaqtida faollik körsatib, hokimiyat vakillariga qarşilik körsatişda iştirok etganlik holatlari bölgani sababli uşbu fuqaro jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan va JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Uşlab turiş muddati jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudining ajrimi bilan JPKning 226-moddasi tartibida 10 sutkaga uzaytirilgan. Hozirda Haydarjon Bobohaydarovga ayb e'lon qiliş bilan boğliq holatlar tekşirilmoqda. Uşbu masala tergov harakatlari davomida hal qilinadi», – dedi Alişer Boboxöjayev.

Dadaxon Haydarov