Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatining Söx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Ta’kidlanganidek, avvallari Söx yetib boriş qiyin, transport va logistika imkoniyatlari çeklangan, iqtisodiy aloqalari zaif hududlardan biri edi. Sönggi yillarda mintaqaviy hamkorlik va qat’iy siyosiy iroda tufayli bu hududni kompleks rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratildi. Yangi yöllar oçildi, çegaradan ötiş tartiblari yengillaştirildi, tadbirkorlik uçun şaroitlar yaxşilandi, zamonaviy boğça, maktab, poliklinika va uy-joylar barpo etildi.

Bugungi kunda Söxdagi 25 ta mahallada 88,6 ming aholi yaşaydi. Hududda 29 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti, 33 ta maktab, 2 ta örta maxsus ta’lim muassasasi, 14 ta soğliqni saqlaş muassasasi va 2 ta madaniyat obekti faoliyat körsatmoqda. Ötgan yilning özida 13 ming 921 ta iş örni yaratildi, 1 ming 667 ta oila kambağallikdan çiqarildi. Şu bilan birga, tumanda kambağallik darajasi 7,9 foiz, işsizlik 5,5 foizni taşkil etib, bu körsatkiçlar hali ham respublika örtaça darajasidan yuqori ekani körsatib ötildi.

Taqdimotda mutasaddilar joriy yilda tumanga 40 million dollar investitsiya jalb qiliş, 15 million dollarlik eksportni ta’minlaş rejasi olingani haqida axborot berdi. Buning hisobiga sanoatda 9 foiz, xizmatlar sohasida 17,1 foiz, qişloq xöjaligida 7,6 foiz ösişga erişiş közda tutilgan.

Yiğilişda tumanning turizm salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Söxning tabiati mazkur sohani iqtisodiyot drayverlaridan biriga aylantiriş imkonini berişi ta’kidlandi. Masalan, Sarikanda, Rovon va Istiqlol mahallalaridan ötgan Söx daryosi qirğoqlarida yangi turizm obektlarini qursa böladi. Yoki bu yerda reabilitatsiya, fizioterapiya, dori-darmon logistikasi va tibbiy ta’limni bir hududda jamlagan Tibbiy xizmatlar klasterini taşkil etiş uçun barça şaroitlar mavjud.

Umuman, turizm va xizmat körsatiş sohasida 60 million dollar investitsiya jalb qiliş, qariyb 2 ming iş örni yaratiş, turizm xizmatlari hajmini 15 milliard sömga, eksportni esa 2 million dollarga oşiriş rejalaştirilgani ma’lum qilindi.

Eng muhim vazifalardan biri sifatida aholi yaşaşi va mehnat qilişi uçun qulay infratuzilma yaratiş, tadbirkorlikni kengaytiriş va bandlikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Har bir mahallada 10 tadan, jami 300 ta mikroloyiha işga tuşirilib, 8,6 ming aholi kasb-hunarga öqitiladi. Bu loyihalarga banklar tomonidan 64 milliard söm kredit resursi yönaltiriladi, ijtimoiy va infratuzilma obektlari uçun esa qöşimça 74,5 milliard söm ajratiladi.