PSM Auto ko‘rgazma zalida, ushbu aksiyada bosh mukofotni topshirish uchun tashkillashtirilgan tantanali taqdimot bo‘lib o‘tdi va u yerda angrenlik ayol Zarina Baymakova butun oilasi a'zolari bilan ko‘rgazma zaliga tashrif buyurdi. Biz g‘olibamiz bilan dildan suhbatlashishga erishdik. Bu ayolning samimiyligi, halolligi va kuchliligi hech kimning e'tiboridan chetda qolgani yo‘q.
«Bilasizmi, ushbu holatni bolalarcha va bir vaqtning o‘zida jiddiy bo‘lmagan holat sifatida qabul qilish mumkin, lekin men orzu qilishni yaxshi ko‘raman». Zarina aytib o‘tgan ushbu gap ayniqsa ko‘pchilikning yodida qoldi. G‘olibamiz juda erta beva qolgan – 24 yoshida, hayotning ushbu qiyinchiliklaridan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va taslim bo‘lmadi. U o‘ziga ishongan holda, uy-ro‘zg‘orini o‘zi qo‘liga oldi va buni ikki o‘g‘ilning onasi bo‘lish kabi mas'uliyatli rol bilan muvaffaqiyatli holda va bir vaqtning o‘zida ochiq-ko‘ngil inson sifatida mujassamlashtira oldi.
«Qiyin edi. Ammo Xudoga shukur, uddaladik». G‘olibaning ikki o‘g‘li onasidan bir qadam ham uzoqda bo‘lmadi. Baxtli va mag‘rur holda turgan farzandlar, suratga olish maydonchasidan o‘zini ozgina yo‘qotib qo‘yayotgan Zarinani anchagina qo‘llab-quvvatlashdi.
«Men MacCoffee 3tasi 1da Original kofesini yaxshi ko‘raman. Undan tez-tez ichib turaman. Ishda va uyda bir stakandan doimiy ravishda ichaman. O‘g‘illari ham MacCoffee 3tasi 1da Original'ni sevib ichishadi. Albatta, ular ham men kabi qahvani yaxshi ko‘radiganlar sirasiga kiradi va bizning kofe ichishdagi tanlovlarimiz bir xil. Men aksiya to‘g‘risida kofe tez-tez xarid qiladigan do‘kon sotuvchisidan bilib oldim. Men esa o‘z xayolparastligimga borib yuribman (jilmaydi). Telefon yutib olaman deb orzu qila boshladim».
Zarinaning «mashinani yutaman» deb o‘ylamaganligi taqdirlash marosimi yakunida aniq bo‘ldi. Biz g‘olibadan rulga o‘tirishni va oilasi bilan Angrenga yo‘l olishdan oldin uni mashinada suratga olishni so‘radik. Hayajonlangan ayol uzoq vaqt davomida mashinani yoqishga urindi. Juda uzoq vaqt davomida mashina haydamaganligi sababli, unga ko‘nikishi uchun vaqt kerakligini tan oldi. Zarinaning amakisi esa iltifot bilan yordam qo‘lini cho‘zdi va suratga olish maydonchasi xodimlari uchun mashina bilan bir nechta aylana harakatlarni ko‘rsatdi.

«Yutuqli javob juda tez keldi. Kenja o‘g‘lim menga Cobalt mashinasini yutganimni aytdi. Tabiiyki, men unga ishonmadim. Umuman olganda, o‘g‘limning hazilkashligi borligi sababli vaqti-vaqti bilan meni shunaqa «xursand qilishni» yaxshi ko‘radi. Men katta o‘g‘limdan ushbu xabarni tekshirishni so‘radim va u bu rostdan ham haqiqat ekanligini aytdi — Men mashina yutib oldim. Katta o‘g‘lim xabarni jiddiy holatda aytganligiga qaramay, men bunga hali hali ishona olmasdim. Xo‘sh, shunchalik oson bo‘ldimi Cobalt yutish? Men ularga mashinani o‘zim olganimdagina bu xabarga ishonishimni aytdim. Va mana avtomashinani ham oldim. Hali ham ishongim kelmayapti (kuladi)».











