Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi negizida Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi taşkil etilmoqda.

Farmonga köra Kadastr agentligi köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritiş sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Uşbu Agentlik yer uçastkalariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazmaslik, yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş hamda davlat kadastrlarini yuritiş tartibini buziş bilan boğliq ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni ham körib çiqadi.

Kadastr organlari endilikda faqat yerning hisobini yuritiş bilan şuğullanadi. Qişloq xöjaligi yerlarini rivojlantiriş, xususan, tuproq bonitirovkasini ötkaziş, qişloq xöjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlaş, geobotanik tadqiqotlarni amalga oşiriş vazifalari ularning haqiqiy egasi – Qişloq xöjaligi vazirligiga ötkazilmoqda.

Barça köçmas mulklar – yer uçastkalari, ularga bölgan huquqlar, bino va inşootlar 2021 yil oxirigaça davlat röyxatidan ötkaziladi.

Şuningdek, xalq tilida BTIlar deb nomlangan korxonalar negizida Davlat kadastrlari palatasi taşkil etilmoqda. Endilikda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boşqarmalari faqat registratsiya hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritiş bilan şuğullanadi. Davlat faqat köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş bilan şuğullanib, şartnoma asosida, haq evaziga xizmat körsatiladigan sohalardan davlat asta-sekin çiqib ketadi.

Köçmas mulkka kadastr yiğmajildini tayyorlaş, şu maqsadda uni texnik inventarizatsiyadan ötkaziş vazifasini esa davlat taşkilotlaridan tadbirkorlik sub'yektlariga ötkazişga tayyorgarlik körilmoqda. Ungaça esa, Davlat kadastrlari palatasining tuman (şahar) filiallari bu vazifani bajarib turadi. Bozor öz egalariga topşirilgaç, bu filiallar ham bosqiçma-bosqiç tugatib boriladi va faqat olis, boriş qiyin bölgan hududlarda qoldiriladi.

Farmon bilan birga Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ham qabul qilingan. Uşbu qarorga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari, tumanlar (şaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bölimlari negizida Kadastr agentlining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar boşqarmalari, tumanlar (şaharlar) bölimlari taşkil etildi. Ularning boşliqlari Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.