LG Electronics (LG) IFA 2020 körgazmasida muzlatgiçlarning yangi modelini namoyiş etgan holda iste'molçilarning oşxona haqidagi orzularini röyobga çiqarişga imkon beradi: InstaView™ Door-in-Door™ muzlatgiçining UVnano bilan yaxşilangan modeli, muzxona kamerali yangi LG muzlatgiçi va ThinQ 3.0 bilan yangi InstaView ThinQ™. Keng xususiyatlar röyxatiga qöşimça tariqasida – oşxona texnikasining yangi modellari LG'ning iste'molçilarga köproq tanlov taqdim etiş hamda oşxona jarayonlarini yaxşilaş va ularni yanada soğlomroq amalga oşirişga kömaklaşiş uçun bölgan katta iştiyoqini körsatadi.

Oşxona uçun sönggi innovatsiyalarda LG salomatlik va gigiyenani yaxşilaş uçun yoruğlik kuçidan foydalanmoqda. UVnano texnologiyali LG InstaView Door-in-Door muzlatgiçlarida suv çiqadigan teşiklarni dezinfeksiya qiliş uçun, ya'ni soatiga bir marotaba (yoki istalgan vaqtda xohişga köra) bakteriya va viruslardan 99,99 foizgaça tozalaş uçun ultrabinafşa LED texnologiyasidan foydalaniladi. Muzxona kamerasining qutisida joylaşgan muzgenerator beş santimetrli sekin eriydigan Craft Ice™ sferik muz şarçalarini tayyorlaydi va içimliklarni uzoq vaqtgaça salqin saqlaşga, ularning taşqi körinişini esa yanada jozibaliroq qilişga yordam beradi.

Kompaniyaning modellar qatoridagi yangilik – muzxona kamerasiga ega LG muzlatgiçi nafis, minimalistik interer yaratgan holda oşxona jihozlariga osongina moslaşadigan qilib loyihalaştirilgan. Oraliqsiz eşik va xalqalarning tekis dizayni devor yoniga örnatiş uçun juda ham mos keladi va yaxlit, butun körinişni paydo qiladi. Bu qurilmalarga mahsulotlar sofligini saqlaşda optimal şaroitlar yaratiş uçun LINEAR Cooling™ va DoorCooling+™ tizimlari ham örnatilgan. LINEAR Cooling mahsulotlarning aynişiga asosiy sababçi bölgan – harorat tebranişini yanada aniqroq nazorat uçun minimal darajada pasaytiradi. Bu vaqtda esa DoorCooling+ strategik joylaştirilgan ventilyatsion teşiklardan kuçli havo oqimini tarqatiş orqali butun muzlatgiçni bir tekisda muzlatadi. Metal Fresh™ – orqa devordagi metall qoplama intererga premium joziba bağişlaydi.















