Duşanba kuni ğoyib bölib qolgan Mariya Kolesnikova ayni vaqtda Minskdagi SIZO-1 izolyatorida ekani ma'lum böldi. Uning hibsga olinişiga prokuratura sanksiya bergan.
Znak çorşanba kuni tongda yöqolib qoldi. Keyinroq u, Kolesnikova hamda muxolifatçilarning yana bir huquqşunosi Ilya Saley hokimiyatni egallaşga uriniş ayblovi bilan qölga olingan.
Belarus prokuraturasi muxolifatçilarning Muvofiqlaştiruvçi kengaşiga qarşi şunday iş oçgan bölib, bu iş böyiça prezidium a'zolari söroq qilingandi, ammo avvalgilar faqat guvoh sifatida tergovga çaqirilgandi.
Belarus Respublikasi Tergov qömitasi mamlakatda vaziyatni beqarorlaştirişga oid dalillar borligini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda Muvofiqlaştiruvçi kengaş prezidiumining oçiqda bölgan va Belarusda qolayotgan yagona a'zosi yozuvçi Svetlana Aleksiyeviç bölib turibdi. Adabiyot böyiça Nobel mukofoti sohibi bölgan yozuvçining xalq orasida obrösi baland, u muxolifatçilarning ma'naviy yölboşçisi sanaladi, ammo u namoyişlarni muvofiqlaştiriş hamda siyosiy faoliyat bilan şuğullanmagan.

Qolganlar esa qölga olingan yoki sobiq madaniyat vaziri Pavel Latuşko kabi mamlakatni tark etişga majbur bölişgan .
Çorşanba kuni yana nimalar böldi?
Çorşanba tongida Aleksiyeviç noma'lum şaxslar eşigini taqillatişgani, mobil telefoniga noma'lum raqamlardan qönğiroqlar bölganidan şikoyat qildi.

Şu kuni yozuvçining uyida u hibsga olinmasligi uçun yevropalik diplomatlar yiğilişdi. Şvetsiya taşqi işlar vaziri tvitterdagi sahifasida şved elçisi, germaniyalik, litvalik, polşalik, slovakiyalik va çexiyalik elçilar davrasida turgan yozuvçi suratini e'lon qildi.
Harassmens, arress & forced exile of opposition in Belarus is serious violation of peaceful protess by the regime in Belarus.
— Ann Linde (@AnnLinde) September 9, 2020
Happy to share this photo taken a moment ago in Minsk with
Svetlana Aleksijevitj surrounded by European diplomats, including a Swedish diplomat. 🇸🇪 pic.twitter.com/b96Nafhlf6












