Joriy yil IFA körgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi köp vaqtlarini öz uylari va xonadonlarida ötkazayotgan oilalar, insonlar uçun maksimal darajadagi qulaylik va şinamlikni ta'minlaş uçun ideal uy haqidagi tasavvurlarini baham körmoqda. Sentabr oyi davomida LG ilk virtual körgazma orqali kompaniyaning uydagi turmuş tarzini yanada sokin, yorqin va samaraliroq qilişiga boğliq real hayotdan ssenariylar va ajoyib namoyişlardan foydalangan holda iştirokçilarga yangi, misli körinmagan taassurotlarga ega bölişga taklif etadi.

«LG dunyosini avval bölmagandek qaytadan kaşf eting» mavzusi doirasida Messe Berlin (mahalliy vaqt va ob-havoni hisobga olgan holda) körgazma kompleksidagi №18 zalining realistik vizual dizayni mehmonlarga agar ular çindan ham Berlinda bölganlarida özlarining şaxsiy, xavfsiz va qulay uylardan çiqmasdan kompaniyaning yangi innovatsiyalarini örganiş imkoniyatini beradi. LG onlayn-körgazmasiga taşrif buyuriş çoğida iştirokçilar virtual gid yordamida ekskursion turdan zavq olişlari yoki mustaqil tarzda mini-karta orqali virtual stendlar böylab qanday harakatlanişni tuşuntiruvçi yöriqnoma bilan tanişişlari mumkin. Mehmonlar tanlangan qurilmani bosiş orqali uning harakatini tomoşa qiliş yoki texnik xususiyatlari va funksiyalarini örganiş imkoniga ega bölişadi.

Virtual körgazma odamlar eksponatlarni huddi öyindagi kabi erkin örganişlari mumkin bölgan qiziqarli interaktiv tadbir kabi öylab çiqilgan.  Bunga Koreyaning Unity Technologies ofisi bilan hamkorlik hamda real vaqt rejimida (RT3D) interaktiv 3D-kontentlar yaratiş hamda boşqariş böyiça jahonning yetakçi platformasi hisoblangan video-öyinlar işlab çiqaruvçi kompaniya – Unity öyin dvigatelidan foydalaniş orqali erişildi. Mazkur öyin mexanizmi mobil telefonlar, planşetlar, şaxsiy kompyuterlar, konsollarda, şuningdek, virtual va kengaytirilgan reallik qurilmalarida real vaqt rejimida interaktiv 2D- va 3D-kontentni yaratiş, işga tuşiriş hamda monetizatsiya qiliş uçun dasturiy yeçimlarning töliq töplamini öz içiga oladi.

Virtual körgazmada joriy yil boşida Las-Vegasdagi CES körgazmasida mehmonlar qalbini zabt etişga ulgurgan LG OLED takrorlanmas tasvir sifatini namoyiş etuvçi hamda noyub şakllarni özida aks ettiriş qobiliyatiga ega köplab moslaşuvçan ekranni namoyiş etuvçi OLED New Wave installyatsiyasi öziga xos örin egalladi. Iştirokçilar LG OLED televizorining betakror tasviri hamda ovoz kuçi tufayli uy kinoteatri zonasida LG köngiloçar dasturlaridan bahramand bölişlari yoki öyinlar uçun maxsus zonasida ideal öyin muhitiga şönğişlari mumkin. Virtual sport-bar sport kontentlarini tomoşa qiliş uçun optimallaştirilgan, layfstayl zona esa mehmonlarni fon suratlar va galereyadan tortib video-roliklargaça – OLED tufayli reallikka aylanuvçi dunyo imkoniyatlaridan zavq olişga taklif etadi.