Abdurahim Abdurasulovich Mo‘minov Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov 2016-2018 yillarda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. 2018 yil mayidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U yangi lavozimida avvalroq Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan Ulug‘bek Muhammadiyevning o‘rnini egallagan.