Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari huzurida Bolani kompleks baholaş guruhlari taşkil etilmoqda.

Guruhlar 3-18 yoşdagi bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlarini aniqlaydi, ularga mos taʼlim şakli va zarur qöllab-quvvatlaş çoralarini belgilaydi hamda davlat taʼlim muassasalariga yönaltiradi.

Tizim uç bosqiçda: 1-oktabrdan - Navoiy va Urganç şaharlarida, 1-noyabrdan - Karmana, Qiziltepa, Konimex, Yangibozor, Qöşköpir tumanlari va Xiva şahrida, 1-dekabrdan - ikki viloyatning qolgan tuman va şaharlarida joriy etiladi.

Hududlarga jami 12 ta kompleks baholaş guruhi xizmat körsatadi.

Baholaş jarayonida maxsus pedagog, psixolog va mahalladagi ijtimoiy xodim bolaning taʼlim oliş imkoniyatlari, rivojlanişi, muloqoti, xulq-atvori, oilaviy va ijtimoiy muhitini kompleks örganadi. Jarayonda ota-ona yoki qonuniy vakil iştirok etadi, zaruratga köra tibbiyot mutaxassislari ham jalb qilinadi.