Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Özbekiston poçtasi” aksiyadorlik jamiyati xususiylaştirilgani va kompaniya tomonidan 100 milliard söm miqdorida qarz olingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qildi.

Bildirilişiça, jamiyat ustav kapitalidagi davlat taşkilotlari, korxonalar va tijorat banklariga tegişli aksiyalar paketi, yaʼni 92,9 foiz davlat uluşi Davlat aktivlari agentligiga töliq ötkazilgan.

“WILDBERRIES” va “UZUM MARKET” kabi yirik kompaniyalar tomonidan uşbu uluşni sotib oliş böyiça qiziqiş bildirilgan, lekin bugungi kunda davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça heç qanday hujjat rasmiylaştirilmagan.

Taʼkidlanişiça, “Özbekiston poçtasi” aksiyadorlik jamiyati hozirda murakkab moliyaviy va transformatsiya bosqiçini boşdan keçirmoqda. Sönggi uç yilda sof foyda örtaça 800 million söm, rentabellik darajasi esa 0,2 foizni taşkil etgan. 2026-yilning 6 oylik yakunlari böyiça tuşum 313,6 milliard sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga kamaygan.

Bundan taşqari, asosiy daromad manbalaridan biri bölgan yöl harakati qoidalari buzilganligi töğrisidagi qarorlarni poçta orqali yetkazib beriş xizmati joriy yilning 16-may kunidan töxtatilgan. Uşbu xizmat töxtaşi oqibatida 9 oy yakunlari böyiça 1,7 milliard söm miqdorida zarar körilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, bank qarzdorligi 45,3 milliard sömni taşkil etmoqda.

Qayd etilişiça, elektron tijorat bozorining şiddatli rivojlanişi poçta infratuzilmasini tubdan modernizatsiya qilişni talab etmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, modernizatsiya va raqamlaştiriş loyihalarini amalga oşiriş uçun 300 milliard sömdan ortiq mablağ zarur. Uşbu mablağ doirasida yuk avtotransporti va elektr transport vositasini sotib oliş, saralaş markazi hamda IT-infratuzilmani yangilaş, qöşimça poçtamatlarni örnatiş va aloqa obyektlarini taʼmirlaş kabi çora-tadbirlar közda tutilgan.

Jamiyatga zamonaviy boşqaruv modellarini joriy etiş hamda investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida mamlakatdagi yirik marketpleys kompaniyalaridan biri bölgan “WB INT EXPORT” MÇJ bilan hamkorlik qiliş közda tutilgan. Muzokaralar davomida uşbu kompaniya Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasida 100 milliard söm miqdorida qarz mablağini taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Mazkur bitim qonunçilikka köra yirik bitim hisoblangani bois aksiyadorlar umumiy yiğilişi kun tartibiga kiritilgan. Biroq foiz stavkalari, qarz miqdori va qaytariş grafigi böyiça yakuniy kelişuvga erişilmaganligi sababli, aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişida bu masalada qaror qabul qilinmagan.