Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Xurşid Oçilov viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari vazifasiga tayinlandi. 

Viloyat hokimligi xabariga köra, Xurşid Oçilov uşbu tayinlovga qadar viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

U 2003-2004 yillarda Oqdaryo tuman Dehqon va fermer xöjaliklar uyuşmasi huquqşunos-maslahatçisi, 2007-2008 yillarda Jizzax şahar Şukur Sa'dulla nomli 11-örta maktabda tarix fani öqituvçisi, söng harbiy xizmatda bölgan.

2008-2010 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengaşi Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi yetakçi mutaxassisi, 2010-2011 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengaşi Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi Öquv bölim boşliği, 2011-2012 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengaşi Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi axborot xizmati rahbari sifatida işlagan.

2012-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati boşqaruvçisi Kotibiyatining inspektori bölgan. 2019 yilda Samarqand viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari örinbosari kotibiyati mudiri sifatida iş boşlagan.