Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazo turlarini tayinlaşni bekor qiliş hamda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ma'lumot taqdim etmaganlik yoki notöğri ma'lumot taqdim etganlik, şuningdek, OAV faoliyatiga tösqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlikni belgilaşga qaratilgan takliflar işlab çiqilgani haqida ma'lum qildi.
«Bu yil juda oğir keldi. Pandemiya hammani esankiratib qöydi. Rejalar buzilib ketdi. Tadbirlar qoldirildi. Öz navbatida, matbuot ham gap kötara olmaydiganlar qahriga bir neça bor uçrab, ança sinovlarni boşidan ötkazdi.
Hammaning asabi taranglaşgan, bitta gap – kam, ikkitasi – köp, deydigan davr böldi. Faqat bizda emas, butun dunyoda matbuot tazyiqlarga uçradi.
Lekin bu söz erkinligi yana böğiladi, Prezidentimiz tomonidan boşlangan islohotlar amalga oşmay qoldi, degani emas. Mana, ayni kunlarda AOKA va Adliya vazirligi tomonidan qator normativ hujjatlar tayyorlanmoqda.
Birinçisi – Prezidentning PQ-4551 sonli qarori ijrosi böyiça. Unga köra, AOKA va Adliya vazirligi tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazo turlarini tayinlaşni bekor qiliş yuzasidan takliflar tayyorlab, kiritişi lozim.
Şu örinda, mazkur qaror OAV rivojiga katta turtki beradi, deb öylayman. Avval ham ta'kidlaganimizdek, jurnalist yoki bloger matbuotda aytgan sözi uçun qamalmasligi kerak. Mayli, jarima tölasin, qilgan xatosi uçun ma'muriy javobgarlikka tortilsin, lekin ozodlikdan mahrum bölmasin.
Işi hamma rivojlangan davlatlar kabi oçiq sudda adolatli körilsin.
Örganib çiqdik. Işonasizmi, yöqmi, bizdagi ma'lumotlarga köra, şu paytgaça biror jurnalist bu modda bilan ozodlikdan mahrum qilinmagan ekan.
Xullas, amalda işlamaydigan bu qonun jahon miqyosidagi indeks va reytinglarimizning ösişiga xalaqit beryapti, xolos. Şunday ekan, Prezident qarorida belgilangan vazifa tez kunlarda bajariladi, deb umid qilamiz.
Ikkinçi hujjat, Prezidentning PQ-4366 qaroriga köra, davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ma'lumot taqdim etmaganlik yoki notöğri ma'lumot taqdim etganlik, şuningdek, OAV faoliyatiga tösqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlikni belgilaşga qaratilgan. Bu masala yuzasidan ham AOKA va Adliya vazirligi takliflarni işlab çiqib, kiritişi lozim.
Öz navbatida, bizning Fond ham Prezidentimiz tomonidan uşbu yönalişda belgilab berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaş, oçiqlik, matbuot va davlat idoralari hamkorligi mexanizmlarini yanada takomillaştirişda har tomonlama yordamga tayyor ekanligini, jurnalist va blogerlarni yiğib, bu masalalar yuzasidan ularning takliflarini örganişini ta'kidlab ötmoqçiman.







