Yevroittifoq Aleksandr Lukaşenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.
"Biz 9 avgustdagi saylovlarni soxtalaştirilgan deb hisoblaymiz. Biz Lukaşenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmaymiz", - dedi u.
Yevropa Ittifoqi parlamenti deputatlari 17 avgust kuni ötkazilgan majlisda Aleksandr Lukaşenkoni persona non grata deb e'lon qilgandi.
9 avgust kuni Belarusda bölib ötgan prezident saylovida rasmiy ma'lumotlarga köra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakçisi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizdan ortiq ovoz töplagan.
Saylov natijalari e'lon qilinganidan buyon mamlakatda norozilik namoyişlari davom etmoqda.













