Özbekiston Respublikasi san'at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotşunos va tarjimon Asil Raşidov 15 sentabr kuni 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.
Asil Raşidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qişloğida tuğildi. 1954 yili Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ni jurnalist mutaxassisligi böyiça tamomladi.

1954-1958 yillarda “Qizil Özbekiston” (hozirgi “Özbekiston ovozi”) gazetasida adabiy xodim, bölim mudiri bölib işladi.
1958 yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti aspiranturasiga öqişga kirib, 1961 yilda uni muvaffaqiyatli tugalladi va 56 yil davomida uşbu dargohda özbek adabiyoti kafedrasi öqituvçisi, dotsenti, professori lavozimlarida samarali faoliyat körsatdi. 1981 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erişdi.
Olim öz faoliyati davomida “Inson va mehnat madhi”, “Sönmas yulduzlar”, “Asrga tengdoş maktab”, “Lesya Ukrainka”, “Çiniqiş maktabi” singari köplab ilmiy-ommabop asarlar yaratdi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida dunyo yuzini körgan, atoqli davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov xotirasiga bağişlangan “Akam haqida” risolasi, “Ezgulikka baxşida umr”, “Çingiz Aytmatovning badiiy olami” singari asarlari minglab kitobxonlarning samimiy e'tirof va ehtiromiga sazovor böldi.
Asil Raşidov badiiy tarjima sohasida öziga xos ijodiy maktab yaratgan edi. U maşhur qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Bötaköz”, “Sarvqomat dilbarim”, “Alvido, Gulsari!”, “Somon yöli”, “Oq kema”, “Erta kelgan turnalar”, “Sohil böylab çopayotgan olapar”, “Asrni qaritgan kun” singari betakror asarlarini özbek tiliga beqiyos mahorat bilan ögirib, xalqimizning badiiy tafakkurini yuksaltirişga ulkan hissa qöşdi. Şuningdek, taniqli rus adibi Aleksandr Bekning “Volokolamsk yölida” romani, qirğiz adibi Mirzabek Duysenovning “Imtihon” qissasi ham Asil Raşidov tarjimasida özbek kitobxonlariga taqdim etildi.
Asil Raşidovning oliy ta'lim tizimi va özbek adabiyotini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekiston Respublikasi san'at arbobi”, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan öqituvçi” faxriy unvonlari, Özbekiston Respublikasining Davlat mukofoti hamda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.







