Yangi texnologiya gadjetlar batareyasini masofadan, misol uçun bir xona çegarasida töldiriş imkonini beradi. Rozetkaga ulangan quvvatlaş moduli öz ta'sir doirasidagi qurilmalarga elektron zaryad jönatadi. Energiya lazer yordamida uzatiladi. Bunda foydalanuvçilar gadjetlaridagi akkumulyatorning qançalik tölgani haqida qayğurmasalar ham böladi, çunki quvvatlaş jarayoni doimiy ravişda yuz beradi.
Patentda ta'kidlanişiça, quvvatlaş zaryadining unça katta bölmagan uzatuvçi va qabul qiluvçi quvvati uni energiyani örta va katta masofalarga uzatişda qöllaş imkonini beradi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, lazer yordamida kiçik ölçamdagi maişiy asboblar bilan bir qatorda yirik ölçamdagi dronlarni ham quvvatlaş mumkin.
Uşbu texnologiyaning yagona kamçiligi lazerning odamlar va hayvonlar köziga şikast yetkazişi mumkinligi hisoblanadi. Kompaniya xodimlari bu muammoni hal qilişga va'da berişgan.
Uşbu texnologiyaga asoslangan ilk quvvatlaş qurilmalari qaçon paydo bölişi ma'lum qilinmagan. Biroq jurnalistlar texnologiya uçun patent olişga ariza 2019 yil sentyabrda topşirilgani va bir yil ötibgina patent olinganiga e'tibor qaratişgan.









