Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent davlat yuridik universiteti uçun kiriş imtihonlarida bitta fandan test savollari 2 ming AQŞ dollari, 2ta fandan esa 4 ming dollaridan sotilgani, şuning uçun universitetga hujjat topşirgan 400 nafar abituriyent birdaniga 189 ball töplagani haqida xabarlar va test savollarining suratlari tarqaldi. Kun.uz muxbiri Davlat test markazi axborot xizmatidan mazkur holat yuzasidan izoh oldi.
DTM axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev taşkilot hozirda bu masala böyiça şuğullanayotganini ma'lum qilgan.
«Savollar DTM bazasida bor yoki yöqligi va holatga tegişli barça jihatlar örganiladi», dedi u.
Taşkilot axborot xizmati xodimi Jamşidbek Odilovning qöşimça izoh berişiça, kiriş imtihonlarida tuşadigan savollar universitetlar kesimida tasdiqlanmaydi. Ya'ni faqatgina Toşkent davlat yuridik universitetiga tuşadigan savollar bazasi alohida şakllantirilmaydi. Savollar faqat fanlar kesimida: ingliz tili, fizika, tarix sifatida şakllantiriladi. Şuning uçun faqat TDYuU uçun test savollari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar mantiqqa töğri kelmaydi.
«Bundan taşqari, mandat e'lon qilinişiga hali bor. Bu boradagi işlar hozir amalga oşirilmoqda. 24 sentyabrgaça hamma natijalar umumlaştirilib, e'lon qilinişi aytilgan. Şuning uçun hamma narsa tanlov töliq e'lon qilingandan keyin ma'lum böladi», dedi u.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maksimal ball olganlar köpligi haqidagi xabarlarga javoban DTM ball yuqori bölişiga sabab bölgan omillarni sanagan edi.
Ma'lumot uçun, Toşkent davlat yuridik universitetiga joriy yil 600 nafar talaba qabul qilinişi rejalaştirilgan va universitetga 13 ming 700dan ortiq abituriyent hujjat topşirgan.












