Qulaylik hammaga yoqadi. U Siz uçun ham muhim bölsa kerak. Qulaylik ayniqsa uy yiğiştirişda öta muhimdir. Uyni tozalaş sizga yoqişi yoki yoqmasligidan qat'iy nazar, agar işlatadigan maişiy texnikangiz qulay bölsa, bu jarayon hatto rohat bağişlaşi ham mumkin.

Uyni ozoda saqlaş uçun har safar hamma joyni yoğ tomsa yalagudek qilib tozalaş şart emas. Demak, oğir va azim çangyutgiçdan har safar foydalaniş ham şart emas. Kundalik uy yiğiştirişning ança yengil va qulayroq yöli mavjud – ixçam va simsiz Avalon AVL-VCC 4135 çangtyugiçi. Bu çangyutgiç qanday afzalliklarga egaligini bilişingiz bilan, sizda uni xarid qiliş istagi paydo bölişiga aminmiz.

Dizayn va rangi

Yangi çangyutgiç kök va qizil ranglarda taqdim etilgan. Rangidan kelib çiqqan holda u AVL-VCC 4135 B (kök) yoki AVL-VCC 4135 R (qizil) deb atalişi mumkin. Avvalambor çangyutgiç özining futuristik taşqi körinişi bilan diqqatni jalb qiladi. Çangyutgiç ergonomik jihatdan puxta işlangan: dastasi sifatli va uşlaşga qulay. Tugmalari barmoqqa yaqin joylaşgani sababli çangyutgiçdan foydalaniş juda oson.

Ixçamligi, funksionalligi va quvvati

Çangyutgiçni birinçi bor işga tuşirganda, uning ixçam bölişiga qaramay, yuqori quvvatga egaligiga lol qolişingiz aniq. Şu bilan birga uning energiya sarflaş darajasi juda past va atigi 400 W ni taşkil etadi. Bu degani, u oddiy çangyutgiçdan deyarli beş marta tejamliroq, ammo ayni vaqtda uning söriş quvvati sezilarli darajada farq qilmaydi. Yangi çangyutgiç ikki tezlik tizimiga ega. Birinçi tezlikda siz divan va kreslo, karniz, mebel yoki avtomobilingizni tozalaşingiz mumkin. Turbo tizimi esa xonalardagi gilamlarni tozalaş uçun a'lo darajada töğri keladi. Unda örnatilgan akkumulyatorning quvvati 2500 mAh teng. Bu quvvat xonadonni tozalaşga bemalol yetarlidir. Çangyutgiç ikkitalik siklonli filtr bilan jihozlangan. Filtrni joyidan yeçib oliş yoki tozalaş heç qanday qiyinçilik tuğdirmaydi. Lozim bölganda suvda çayib işlatişdan avval yaxşilab quritsangiz bas.

Çangyutgiç çötkasi valik şaklida yasalgan va kompozit tolalardan taşkil topgan. Çötka öz vazifasini juda yaxşi bajaradi va yuzalardagi çangni a'lo darajada tozalaydi. Aytiş lozimki, çötkalar bir neçta turda taqdim etilgan. Uzuni xonadonni yiğiştirişda işlatilsa, kaltasi avtomobil salonini tozalaş uçun a'lo darajada töğri keladi. Foydalaniş yanada qulayroq bölişi uçun qöşimça çötkalar çangyutgiçning dastasida joylaştirilgan.