Kun.uz yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan talabalar mehnatiga oid qonunçilik va amaliyotdagi muammolar haqida Toşkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi öqituvçisi Muhammadamin Karimjonov bilan intervyu uyuştirdi.
Quyida suhbatning ikkinçi qismi keltirib ötiladi.
– Pandemiya şaroitida frilanserlik keng tarqalmoqda. Frilanserlik ham talabaning mehnat stajiga qöşiladimi yoki bu şunçaki fuqarolik şartnomasi asosida haq evaziga körsatiladigan xizmatmi?
– Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 566-son «Özini özi band qilgan fuqarolar uçun vaqtinçalik mehnat guvohnomasini joriy etiş töğrisida»gi qarorida özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, işlar) turlarining röyxati berilgan. Masalan, uyda repetitorlik qiliş, kompyuterlarni ta'mirlaş va sozlaş, litsenziyalangan dasturiy ta'minot örnatiş, saytlarni, kompyuter dizaynini işlab çiqiş, tizim ma'muri xizmatlari va boşqalar.
Agar talaba mazkur faoliyat bilan şuğullansa, vaqtinçalik mehnat guvohnomasi olib 1 oy uçun BHMning 0,5 baravarini yoki 12 oy uçun 4,5 baravarini tölab ham tegişli ravişda 1 oy yoki 12 oylik iş stajiga ega bölişi mumkin.
Vaqtinçalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boşlab va ular amal qilişining butun davri pensiyani hisoblab çiqariş uçun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi.

– Özbekistondagi OTMlarda tahsil olayotgan xorijiy davlat fuqarolari ta'lim bilan bir vaqtda mehnat şartnomasi asosida işlay oladilarmi? Ma'lumki, bunday toifadagi talabalar «öqiş» vizasi bilan kelişgan.
– Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga köra, çet el fuqarolarining Özbekiston Respublikasi hududida tasdiqnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oşirişlari taqiqlanadi.
Lekin, uşbu Nizom ayrim toifadagi çet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi. Agar çet el talabasi mazkur toifalardan biriga kirsa, tasdiqnomasiz işlaşi mumkin. Aks holda tasdiqnoma olinadi. Tasdiqnoma oliş uçun iş beruvçi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
– Talaba öqişni bitirmay turib, özi ta'lim olayotgan mutaxassisligi böyiça işlaşi mumkinmi?
– Ta'kidlaş lozimki, barça ta'lim yönalişlarida ham bunday imkoniyat birday mavjud emas. Qonunçilik asosida öqişni bitirmay turib, öz mutaxassisligi böyiça işlaşi mumkin bölgan ayrim yönalişlarni sanab ötaman.
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq tölaş töğrisidagi nizomning 8-bandida «OTMlarning 4-kursida öqiyotgan şaxslar pedagoglik işini amalga oşiriş uçun qöyilişi mumkin va ularga örta maxsus, kasbiy ma'lumotga ega bölgan tegişli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi», deyilgan. Uşbu qoida oliy öquv yurtlarining kunduzgi talabalari uçun ham, sirtqi ta'limda tahsil olayotganlar uçun ham birdek amal qiladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmati töğrisidagi nizomga köra, örta maxsus yuridik ma'lumotga ega bölgan yoxud OTMlarning «Yurisprudensiya» mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan bakalavriat bosqiçining bitiruvçi kursi talabasi yoki magistranti yuriskonsult yordamçisi lavozimida işlaşi mumkin.
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Klinik ordinatura töğrisidagi nizomning 43-bandiga köra, öqitişning ikkinçi yilidagi ta'lim dasturini muvaffaqiyatli özlaştirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida mehnat şartnomasi böyiça soha bölimlarida tungi navbatçilik qiliş yoki öqişdan taşqari vaqtda mutaxassisligi böyiça işlaş huquqiga ega.

– Ma'lumki, Mehnat kodeksida xodimni dastlabki sinov muddati bilan işga oliş tartibi bayon etilgan. Talabani dastlabki sinov muddati bilan işga oliş töğrimi?
– Darhaqiqat, amaliyotda ayrim iş beruvçilar talaba (bakalavr, magistrlar) örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining hamda oliy öquv yurtlarining tegişli ta'lim muassasasini tamomlagan kundan e'tiboran uç yil içida birinçi bor işga kirayotgan bölsa-da, unga nisbatan dastlabki sinov muddati qöllanilayotganiga guvoh böliş mumkin.
Lekin, Mehnat kodeksining 84-moddasiga köra, homilador ayollar, uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollar, korxona uçun belgilangan minimal iş joylari hisobidan işga yuborilgan şaxslar, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining hamda oliy öquv yurtlarining tegişli ta'lim muassasasini tamomlagan kundan e'tiboran 3 yil içida birinçi bor işga kirayotgan bitiruvçilari işga qabul qilinganda, şuningdek xodimlar bilan 6 oygaça muddatga mehnat şartnomasi tuzilib, işga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Yuqoridagi toifalarga tuşmasagina, talabaga dastlabki sinov qöllanilişi mumkin böladi. Aksinça bölsa, talabaning mehnat huquqi buzilgan hisoblanadi.
Şuningdek, amaliyotda talabaga dastlabki sinovda ekanligini rökaç qilib, unga iş haqi va mukofotlar ham tölamaydigan iş beruvçilar uçrab turadi. Bu harakatlar ham noqonuniydir.
– Mehnat qonunçiligida talabalar uçun imtiyozlar nazarda tutilganmi? Bor bölsa, qanday?
– Ta'lim muassasalarida öqiyotgan xodimlarga işni ta'lim bilan birga qöşib olib borişlari uçun iş beruvçi zarur şaroitlar yaratib berişi şart. Talabalar iş joyidan haq tölanadigan qöşimça ta'tilga çiqiş, qisqartirilgan iş haftasi şaroitida işlaş va boşqa köplab imtiyozlar oliş huquqiga egadirlar.
Bundan taşqari abituriyentlar uçun ham alohida imtiyozlar (MK 254-moddasi) nazarda tutilgan.
Ta'lim muassasalarida işlab çiqarişdan ajralmagan holda öqiyotganlarga yillik ta'tillarni iş beruvçi ularning xohişiga köra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga töğrilab berişi şart.
Diplom loyihasini (işini) bajariş yoki bitiruv imtihonlari (davlat imtihonlari) topşirişdan oldingi 10 öquv oyi davomida maşğulotlarga tayyorgarlik köriş uçun olti kunlik iş haftasi bölganda haftada bir kun örtaça iş haqi saqlangan holda işdan ozod etiladilar. Iş haftasi beş kunlik bölsa, işdan ozod etiladigan kunlar miqdori iş smenasining muddatiga qarab özgaradi, işdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi.
Mehnat kodeksining 256-moddasiga köra, diplom loyihasini (işini) tayyorlaş va yoqlaş davrida oliy öquv yurti talabalariga 4 oy, örta maxsus öquv yurti talabalariga esa 2 oy muddat bilan örtaça oylik iş haqi saqlangan holda qöşimça ta'tillar beriladi.
Şuningdek, oliy va örta maxsus öquv yurtlarining oxirgi kurslarida öqiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar töplaş uçun 30 kalendar kun muddat bilan iş haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi.
Imtiyozlar haqida batafsil Mehnat kodeksining 248–258-moddalaridan bilib oliş mumkin.
– Talabalarning mehnatini tartibga solişga doir qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça qanday rejalar bor? Bu borada öz takliflaringizni ham bildirsangiz.
– 621 moddadan iborat Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasida «Işlab çiqarişdagi ta'lim şartnomasi» deb nomlangan alohida bob kiritilmoqda.
Unga köra, iş beruvçi iş qidirayotgan şaxs bilan yoki uşbu taşkilotning xodimi (öquvçi) bilan işlab çiqarişdan ajralgan yoki ajralmagan holda işlab çiqarişdagi ta'lim şartnomasi tuzişga haqli böladi.
Işlab çiqarişdagi ta'lim şartnomasi ma'lum bir işni bajariş uçun zarur bölgan malakani oliş uçun kerak bölgan muddatga tuziladi. Öquvçilarga işlab çiqarişdagi ta'lim vaqtida stipendiya tölanadi, uning miqdori işlab çiqariş ta'lim şartnomasida belgilanadi va olingan malaka darajasiga boğliq böladi, ammo qonun hujjatlarida belgilangan yagona tarif setkasining birinçi razryadi böyiça belgilangan miqdordan oz bölmasligi kerak.
Toşkent davlat yuridik universiteti 5 kunlik öqiş va iş haftasiga ötgan. Natijada öqituvçilar qatorida talabalarda ham şanba va yakşanba kunlari mustaqil izlaniş bilan birga mehnat qilib daromad topiş uçun ham yaxşi imkoniyat yaratilgan. Bilasiz, bugungi kunda kontrakt tölovi ham oz emas. Şuni inobatga olib, boşqa OTMlarimiz ham 5 kunlik öqiş haftasiga ötişlari maqsadga muvofiq bölardi.
Sözim oxirida hurmatli talabalardan öz huquqlarini bilişni va amalda talab qilişni sörab qolardim. Agar Sizni işga qabul qilişni rad etişgan taqdirda, Sizning talabingiz bilan iş beruvçi işga qabul qilişni rad etişning sababini asoslab 3 kun muddat içida yozma javob berişga majbur, hamda bu javob işga qabul qiliş huquqiga ega bölgan mansabdor şaxs tomonidan imzolangan bölişi lozim.
Abbos Salaydinov suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Mirvohid Mirrahimov.











