Davstatqöm xabariga köra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 21,9 trln sömni (ösiş sur'ati 22,6 foiz), kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 97,6 trln sömni (6,5 foizga kamaydi), şundan uyuşmagan savdo tovar aylanmasi 7,05 trln sömni (37,6 foizga kamaydi) taşkil etdi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori uluşni Toşkent şahrida 22,4 foiz uluş bilan 26,8 trln sömni taşkil etdi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida Toşkent, Samarqand, Navoiy viloyatlari va Toşkent şahrida ösiş sur'atlari kuzatildi. Çakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,6 foiz kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga va 18,4 foiz yirik korxonalar hissasiga töğri keldi.
Respublika çakana savdo tovar aylanmasida eng quyi uluşni Sirdaryo viloyati 1,9 foiz uluş bilan 2,3 trln sömni taşkil etdi.
2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan respublikaning Xorazm (90,0 foiz), Surxondaryo (90,1 foiz), Namangan (93,3 foiz), Jizzax (94,2 foiz) va Farğona (95,0 foiz) viloyatlarida çakana savdo tovar aylanmasining kamayiş sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori körsatkiçlar Navoiy (100,4 foiz) va Samarqand viloyatlarida (100,7 foiz) qayd etildi.











