DW naşrining yozişiça, uçraşuv haqidagi xabar 3-noyabr, seşanba kuni Oq uyning rasmiy saytida eʼlon qilingan. Muzokaralar Rossiya tomonidan bosib olingan Oleşki şahrida öt oçişni töxtatiş masalasiga bağişlanadi.
Oq uy maʼlumotiga köra, Melaniya Tramp 5-noyabr, payşanba kuni AQŞning şarqiy vaqti bilan soat 11:00 da - Toşkent vaqti bilan 21:00 da - gumanitar missiya yakunlari haqida bayonot beradi. Biroq Rossiya va Ukraina vakillari bilan uçraşuv ham aynan şu kuni bölib ötadimi yoki boşqa sanada ötkaziladimi, hozirça aniqlaştirilmagan.
«RBK-Ukraina» agentligining maʼlum qilişiça, Ukraina tomonidan uçraşuvda qatnaşiş uçun «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya va Oliy Radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets Vaşingtonga boradi.
Rossiya tomonidan esa prezident Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriev hamda ombudsman Yana Lantratova iştirok etişi kutilmoqda.
Oleşki şahri va uning atrofidagi hududlarda gumanitar sulh 27-oktabr kuni tongda boşlanib, 1-noyabr soat 22:59 da yakunlangan. Şu davrda öt oçiş vaqtinça töxtatilib, tinç aholini evakuatsiya qiliş va şaharga yordam yetkaziş işlari amalga oşirilgan.
Uşbu kelişuvga Melaniya Tramp iştirokida erişilgan. Moskva va Kiev AQŞning birinçi xonimini öt oçişni töxtatişni taşkil etişdagi asosiy vositaçi sifatida körsatmoqda.
Gumanitar operatsiya davomida Oleşkidan yuzlab tinç aholi vakillarini olib çiqişga muvaffaq bölingan. Bundan taşqari, şaharga gumanitar yordam yuklari ham yetkazib berilgan.












