Amerika Qöşma Ştatlarida prezidentlik saylovlari va Kongress saylovlari, odatda, noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi seşanba kuni ötkaziladi. Qiziği şundaki, bu kun na konstitutsiyada dastlab belgilangan, na tasodifan tanlangan. Uning ortida XIX asr Amerikasi hayoti, iqtisodiy şaroiti va siyosiy tajribasi bilan boğliq muhim sabablar bor.
Hammasi 1845-yildan boşlangan
Dastlab AQŞ ştatlari prezidentlik saylovlarini turli kunlarda ötkazgan. Ayrim ştatlarda ovoz beriş sentabrda, boşqalarida esa oktabr yoki noyabrda bölib ötgan. Bu tartib bir qator muammolarni keltirib çiqargan.
Masalan, bir ştatda saylov natijalari maʼlum bölgaç, boşqa ştatlarda hali ovoz beriş davom etardi. Siyosiy guruhlar bundan foydalanib, saylovçilarga taʼsir ötkazişi, hatto ayrim kişilarning turli joylarda qayta ovoz berişiga imkon tuğilişi mumkin edi. Saylov natijalariga taşqi taʼsir va firibgarlik xavfi ham ortardi.
Şu sababli AQŞ Kongressi barça ştatlar uçun yagona saylov kunini belgilaşga qaror qildi.
1845-yil 23-yanvarda AQŞning 28-Kongressi maxsus qonun qabul qildi. Qonunga köra, prezident va vitse-prezident saylovçilarini (Electoral College vakillarini) tanlaş barça ştatlarda noyabr oyining birinçi duşanbasidan keyingi seşanba kuni amalga oşirilişi belgilandi.
Bu qonunning asosiy maqsadi saylovlarni bir vaqtda ötkaziş, ştatlar örtasidagi tartibsizliklarning oldini oliş va saylov jarayonining adolatli keçişiga xizmat qiliş edi.
Birinçi umumiy prezidentlik saylovi 1848-yil 7-noyabr kuni aynan şu yangi tartib asosida ötkazildi.
Nega aynan noyabr va nima uçun seşanba?
Bu savolga javob beriş uçun XIX asr Amerikasi hayotini tasavvur qiliş kerak. Öşa davrda aholining katta qismi qişloq xöjaligi bilan şuğullangan. Kuzgi hosil yiğib olingan, ammo qişning qattiq sovuqlari hali boşlanmagan noyabr oyi saylov uçun qulay davr hisoblangan. Dehqonlarning işlari nisbatan kamaygan, saylov uçastkalariga boriş imkoniyati esa yaxşiroq bölgan.
Seşanba kunining tanlanişi ham oddiy hayotiy ehtiyojlar bilan boğliq edi.
Öşa davrda avtomobil va zamonaviy transport vositalari yöq edi. Köpçilik saylovçilar ovoz beriş uçun uzoq masofalarni ot yoki aravada bosib ötgan. Yakşanba kuni esa xristian jamiyatida diniy ibodat va dam oliş kuni hisoblangan. Odamlarning yakşanba kuni yölga çiqişi maʼqul körilmagan.











